Vitaliy Denisov jarohatidan qutulib mashg'ulotlarga qaytdi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2016, 17:39
Moskvaning "Lokomotiv" klubi va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jarohatini davolab bo'ldi.

26 iyun kuni Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi vaqtida jarohat olgan o'zbekistonlik himoyachi ma'lum muddatga safdan chiqqandi. U klubining bir nechta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmadi. Bugun "Lokomotiv" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi Vitaliy Denisov jarohatidan qutulib umumiy guruhga qaytgani haqida ma'lumot berdi.

Eslatib o'tamiz, Moskva "temiryo'lchilari" ayni paytda Avstriyada yig'in o'tkazishmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia