

26 iyun kuni Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi vaqtida jarohat olgan o'zbekistonlik himoyachi ma'lum muddatga safdan chiqqandi. U klubining bir nechta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmadi. Bugun "Lokomotiv" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi Vitaliy Denisov jarohatidan qutulib umumiy guruhga qaytgani haqida ma'lumot berdi.
Eslatib o'tamiz, Moskva "temiryo'lchilari" ayni paytda Avstriyada yig'in o'tkazishmoqda.





