Vitaliy Denisov: "Afsuski Evropa ligasiga chiqa olmadik"
21 may 2016 19:57
Yangiliklar
Vitaliy Denisov: "Afsuski Evropa ligasiga chiqa olmadik"
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov klub rasmiy "Youtube" kanaliga bergan intervyusida "Mordoviya"ga qarshi RFPLning 30-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Kichik jarohat oldim, ammo chidasa bo'ladi. G'alabadan va yosh yigitlar o'zini ko'rsatganidan xursandman. Birinchi golda Barinovning oshirmasi raqib himoyasini kesib o'tdi, Jemaletdinov esa gol urdi. Rifat xet-trik qayd etishi mumkin edi, ammo tajriba va omad etishmadi deb o'ylayman.
"Lokomotiv"da yosh yigitlar ko'p. Bu akademiya, o'rinbosarlar jamoasi va murabbiylar shtabi ishining mahsuli. Ikki yildan so'ng Rossiyada jahon chempionati bo'lib o'tadi, shu sababli yigitlar harakat qilishi uchun maqsad bor. Tarkibga qancha ko'p "Loko" tarbiyalanuvchilari jalb etilsa, shuncha yaxshi.
Mavsum shunday yakunlanganidan xafaman. Biz Evropa ligasiga chiqa olmadik. Endi yig'inlarda yaxshi ishlash kerak" - deydi Vitaliy Denisov.
Fikrlar