Vitaliy Denisov Rossiya chempionati birinchi qismi ramziy termasidan o'rin oldi
10 dek 2013 11:49
Yangiliklar

Vitaliy Denisov Rossiya chempionati birinchi qismi ramziy termasidan o'rin oldi
19ta turdan so'ng Rossiya premer-ligasi qishki tatilga chiqdi.
Sports.ru sayti chempionatning dastlabki qismida o'zini ko'rsata olgan eng yaxshi futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzib chiqdi. Quvonarlisi undan O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov ham o'rin olgan.
Bosh murabbiy - Leonid Kuchuk (Lokomotiv)
Darvozabon - Yuriy Lodigin (Zenit)
Himoyachilar - Igor Smolnikov (Zenit), Vedran CHorluka (Lokomotiv), Nikolas Lomberts (Zenit), Vitaliy Denisov (Lokomotiv)
Yangi mavsumda Denisov Lokomotiv bilan birga oldinga katta qadar tashladi. Himoyachi faqat qanotda yugurishni bas qilib hujumlarga ham qo'shilishni o'rgandi. O'tgan mavsumdagi Zenitga qarshi o'yindagi xatolarni Vitaliy boshqa takrorlamayapti, uning hisobida bitta gol va to'rtta golli pas bor. Bundan tashqari Denisov jamoasining bir qator qarshi hujumlarini boshlab bergan. Bir yil oldin Denisovni o'rnida Andrey Eshenko o'ynagani ko'pchilikni yodidan ham chiqib ketdi.
Yarim himoyachilar - Lassana Diarra (Lokomotiv), Denis Glushakov (Spartak), Ivelin Popov (Kuban), Danni (Zenit)
Hujumchilar - Yura Movsisyan (Spartak), Artem Dzyuba (Rostov)

Fikrlar