So’nggi yangiliklar

22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   19 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  3 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  8 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6

Vitaliy Denisov bilan "Kim millioner bo'lishni xohlaydi" Yangiliklar

Vitaliy Denisov bilan "Kim millioner bo'lishni xohlaydi"

O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov "Kim millioner bo'lishni xohlaydi" o'yinida ishtirok etdi.
U katta mablag'ni yutib oldi (og'zaki o'yin).

"Loko" himoyachisi juda aqlli inson va yangiliklardan qo'rqmaydi. SHu sababli Denisovdan intervyu olish uchun unga "Kim millioner bo'lishni xohlaydi" o'yinini taklif qildik. Futbolchilarda pul etarli, ammo "sportcha qiziqish" ularga yaqin narsa.

Denisov tezda rozi bo'ldi. "Mayli o'ynaymiz, juda qiziq bo'ladi" - deydi Vitaliy. Futbolchi uchun odatiy 15ta savol emas, 30ta tayyorlandi. 15ta savol to'liq suhbat uchun juda kam.

SHunga yarasha katta mablag' o'ynaldi - 10 mln rubl. Savollarning teng yarmi futbolga tegishli, qolganlari esa boshqa mavzuda. Xar doimgidek birinchi 10ta savol oddiy, keyingi 10tasi o'rtacha va qolgani qiyinroq bo'ldi.



- Vitaliy Denisov bizga Toshkent shahridan kelgan. "Lokomotiv"da futbolchi sifatida ishlaydi. Nega o'yinda ishtirok etishga qaror qildingiz?

- O'zingiz-ku meni taklif qilgan! Mana keldim, o'tiripman, savollarni kutyapman. Ko'p marta "Kim millioner bo'lishni xohlaydi" o'yinini ko'rganman. Telefonda ham o'ynab ko'rganman. Ammo haqiqiysini hech qachon sinab ko'rmaganman.

To'g'risini aytsam, biroz hayajon bor. Mag'lub bo'lishni istamayman...

- Bugun kim sizga muxlislik qiladi?

- "Lokomotiv"ning barcha futbolchilari! Klub xizmatchilari ham. Yigitlar muvaffaqiyatimga ishonishadi!

-To'g'ri qilishadi. Demak "Kim millioner bo'lishni xohlaydi" o'yinini boshlaymiz. Birinchi savol va 500 rubl. Er ... atrofida aylanadi.

A) Marsning

B) Quyosh

V) "Vavilon-5" kosmik stanciyasi

G) Ramenning "Saturn" klubi

- Quyosh!

- Bu to'g'ri javob!

- O'zingizni Galkindek tutmang! Bo'lmasam bir tushuraman (kuladi).

- Unda Dibrov kabi bo'laman. Vitaliy, siz JCH-2014da Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi barcha o'yinlarni ko'rdingizmi?


- Ha, albatta. Diqqat bilan kuzatdim.

- Demak 1000 rublli savol. JCH-2014da Rossiya terma jamoasida kim to'purar bo'ldi?


A) Roman SHirokov

B) Aleksandr Mostovoy

S) Valeriy Karpin

G) Kerjakov va Kokorin birinchi o'rinni bo'lib olishdi

- Oxirgisi. To'g'rimi? Adashmadimmi (kuladi).



- Topdingiz. 2000 rubl - uchinchi savol. Sobiq Ittifoq Respublikasi paytida 30-50 yillarda qanday uylar qurilgan?


A) Putinkalar

B) Gorbachyovkalar

V) Stalinkalar

G) Kobzonkalar

- Stalinkalar va bu javob to'ppa-to'g'ri!

- Vitaliy, siz o'zingiz Galkin rolini ijro etyapsiz. To'rtinchi savol va 3000 rubl. Hozirgi Rossiya chempionatida kim hammadan ko'p gol urgan?

A) Abaev

B) Pavlyuchenko

V) Xalk va Natxo

G) Vladimir Rikov

- V varianti. Natxo sakkiztadan beshtasini penaltidan urgan bo'lsada, Roma Pavlyuchenko ularga etib oladi!

5000 rubl - beshinchi savol. 2013-14 yilgi mavsumda CHempionlar ligasi finalida kim g'alaba to'pi muallifiga aylanadi?


A) Krishtianu Ronaldu

B) Garet Beyl

V) Diego Kosta

G) Roman Adamov

- To'xtang... Adamov emasligi aniq. Bu o'yinni ko'rganman. Agar g'alaba to'pi bo'ladigan bo'lsa - Kosta ham emas. Ramos hisobni tenglashtirgan edi, qo'shimcha vaqtda esa... Ronaldu o'sha uchrashuvda yaxshi harakat qila olmagan. Demak, Beyl!

 - Ha, Beyl. Oltinchi savolga o'tamiz va 10 000 rubl. "Gore ot uma" ijodiy namunasini kim yozgan?

A) Pushkin

B) Lermontov

V) Minaev

G) Griboedov

- Ustimdan kulyapsizmi (kulib)? Hayotimning bir pallasida doimo shu kitob uchragan... Gazeta, TV, Internetda uchratganman. Bundan uyalishim kerak, chunki uni o'qimaganman.

Minaev - zamonaviy muallif. Pushkinning "Evgeniy Onegin", "Kapitanskaya dochka" va boshqa asarlarini o'qiganman. Ularning orasida "Gorya ot uma" yo'q.

Lermonotov va Griboedov qolyapti... Xo'sh, menda qandaydir imkoniyatlar bormi?

- Albatta, xar doimgidek: 50/50, "bir marta xatoga ruxsat", "do'stimga qo'ng'iroq". Zal fikrini so'ray olmaymiz.

- Keling, unda akamga qo'ng'iroq qilamiz.

- U adabiyot shaydosimi?

- Nimasini aytasiz! Klassik narsalarni ko'p o'qiydi. Bu savolning javobini bilishi kerak. Asosiysi trubkani ko'tarsa bo'lgani... "Alyo, Slava! Bu erda o'yin bo'lyapti... Keyinroq tushuntirib beraman, bizda 30 soniya bor, tezroq javob ber: "Gore ot uma"ni kim yozgan? Pushki... Variantlarni sanab berishimdan oldin javob berib qo'ydi. Griboedov!

- Akangiz to'g'ri topganini aytib qo'ying! Haqiqatdan ham Griboedov.


- Afsus, o'zim ham shuni aytmoqchi edim... O'yin boshida imkoniyatlardan ayrilish... Mayli. Xar qanday holatda ham akamga rahmat. U men uchun "gugl"dan ham aqlliroq!



- Ettinchi savol, 15 000. "Quenn" guruhining mashhur qo'shig'i nima deb ataladi?


A) Bohemian Rhapsody

B) Yesterday

V) Ooops, i did it again

G) Zvezda po imeni Solnce

- Coy "Zvezda"ni aytgan. Ooops esa Britni Spirsga, Yesterday - Beatlesga tegishli. Demak Bohemian Rhapsody!

- Ettinchi savol siz uchun juda oson bo'ldi. Sakkizinchisi va 25 ming rubl. Futbolga qaytamiz: JCH-2014da Portugaliyaga qarshi uchrashuvda maydonga chiqmasligi bilan qo'rqitgan Gana futbolchilari o'z federaciyasidan qancha mukofot puli so'ragan?

A) 100 ming dollar

B) 3 mln evro

V) 60 mln evro

G) 5000 rubl

- Bu hikoya yodimda. 3 mln evro. Raqamlar aniqligi esimda yo'q, lekin shunga yaqin. 5000 rubl va 100 ming dollar juda kam. 60 mln esa katta mablag'.

- Juda aniq javob, to'g'ri!

50 000 - to'qqizinchi savol. Kosta-Rika bilan o'yinda Lui van Gal atayin penaltilar seriyasi uchun maydonga tushirgan darvozabonning ismi?

A) Edvin van der Sar

B) Marten Stekelenburg

V) Tim Krul

G) Rud van Nistelroy

- Ikkinchi yoki uchinchisi. Van Nistelroy - mashhur hujumchi, meni osonlik bilan chalg'ita olmaysiz! Van der Sar terma jamoada o'ynayotgani yo'q... Tim Krul, Tim Krul!

- 100 000 rubl, 10 savol. Ha aytganday, siz birinchi yo'q bo'lmaydigan mablag'ga erishdingiz. "Katta portlash teoriyasi" (“Teoriya bolshogo vzryva”) komediya seriali nima haqida?

A) olimlar haqida, ularning biri chiroyli qo'shnisiga oshiq bo'ladi

B) JCH-2018ni yutgan rus futbolchilari haqida

V) Er sayyorasi yaralishi haqida

G) terroristik aktlar haqida

- Albatta A! Men bu serialning barcha 8ta mavsumini ko'rganman! SHu sababli bu savolga xato javob berishga haqqim yo'q. Juda aqllimanda (kulib). Ammo Leonard Xofstedterdek (serial qahramoni) emas.



- Endi savollar qiyinroq bo'ladi. 150 000 rubl. JCH-2014da ishtirok etgan qaysi jamoa turnirning birinchi turida hammadan ko'p masofa bosib o'tgan?


A) Angliya

B) Germaniya

V) Rossiya

G) Kot-d’Ivuar

- SHunday yangilikni eshitgandim... Rossiya!

- To'g'ri! 12 savol va 250 000 yutib olishingiz mumkin. Moskva metrosida yurish uchun bir martalik chipta qancha turadi?

A) 28 rubl

B) 40 rubl

V) 50 rubl

G) 100 rubl

80 rublga 2ta chipta sotishayotgan edi... Ammo hozir hamma narsa qimmatlashyapti. Umuman olganda ular xar yili narxlarni ko'tarishadi. Demak - 50.

- Afsuski, siz haqsiz. 400 000 rubl 13 savol. Ayni damda Bundesligada Dortmundning "Borussiya" klubi qaysi o'rinni egallab turibdi (suhbat 12 fevral kuni bo'gan)?


A) 1

B) 10

V) 16

G) Oxirgi

- Meni "ahmoq" qilyapsizlarmi (kulib)? Men "Borussiya"ni diqqat bilan kuzatyapman, juda zo'r jamoa. Bir tur oldin ular eng so'nggi o'rinda edi. Ammo "Frayburg"ni 3:0 hisobida engishdi va 16 o'ringa ko'tarilib olishdi.

- Topdingiz! 400 000 rubl sizniki!

- 14 savol, yarim mln rubl. "Vo vse tyajkie" seriali bosh qahramonining ismini ayting.


A) Xyu Lori

B) Al Pachino

V) Brayan Krenston

G) Maykl Xoll

- Al Pachino - bu noto'g'ri. Xyu Lori - bu doktor Xaus. Demak, Krenston yoki Xoll... Bu serialni ko'rmaganman. Lekin bir kal kishini ko'rgandekman... Krenston bo'la qolsin.

- Sizning adashmadingiz. 700 000 rublli savol. Qaysi mamlakat futbol bo'yicha barcha mundiallarda ishtirok etgan?

A) Urugvay

B) Ispaniya

V) Braziliya

G) Italiya

- Enciklopedik bilimim yo'q. SHu sababli eng oddiy variantni tanlayman - Braziliya. Bu narsa ko'p bora "Millioner"da pand bergan...

- Havotir olmang, hammasi to'g'ri. 850 000 rubl. 16 savol. Bu aktyorlarning qaysi biri hech qachon "Oskar" olmagan?

A) Kristian Beyl

B) Bred Pitt

V) Leonardo di Kario

G) Jorj Kluni

- Di Kaprio! Juda g'alati hikoya, men unga "Oskar" bergan bo'lardim. Hech bo'lmasa "Uoll-Stritdagi bo'ri" yoki "Buyuk Getsbi" uchun.



- SHunday qilib 17 savol - bu esa million rubl! Gap katta mablag'lar haqida ketar ekan, savol shunday: Valeriy Karpin Ispaniyada qanday biznes bilan shug'ullanadi?

A) Supermarketlar tarmog'i

B) Qurilish biznesi

V) O'zi yaratgan kiyimlar savdosi

G) Mehmonhona biznesi

- Qurilish! Xo'sh, millionmi? Pulni berishadimi?

- Izohlarsiz. Undan ko'ra 18 savolga javob bering. "Klub 27" nima?

A) Nyu-Yorkdagi eng mashhur tungi klub

B) 27 yoshda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan futbolchilarning umumiy nomi

V) 27 raqamini lanatlangan deb hisoblovchilar

G) 27 yoshida vafot etgan musiqachilarning umumiy nomi

- O'ylashimcha, 27 yoshida ko'p musiqachilar vafot etmagan.. Ammo ikkinchi va uchinchi variantlar to'g'ri kelmaydi. Birinchisi... Tungi klublar muxlisi emasman. Mayli to'rtinchi variantni olamiz!

- Hammasi to'g'ri!

- Musiqa va kinoni sevar ekansiz, maktabda tarixdan ham yaxshi baholar olganmisiz?


- Ikkichi bo'lmaganman! Ammo alo baholar ham ko'p bo'lmagan.

- Keyingi savolga javob berish uchun 3 baho olish ham etadi. Qadimgi Rimda yuqori boshqaruv organi qanday nom bilan atalgan?

A) senat

B) parlament

V) kapitoliy

G) kolizey

- Senat. Yong'oq eysizmi? Oling, baribir men bilan ko'p ushlanib qolasiz (kuladi).

- Diqqat qiling, 20 savol va yo'q bo'lmaydigan 1,5 mln rubl. Qaysi mashhur futbolchi o'z faoliyati davomida birorta ham sariq kartochka olmagan?

A) Igor Netto

B) Gari Lineker

V) Pele

G) Mishel Platini

- Sobiq Ittifoq chempionatida Netto kabi futbolchiga ham sariq kartochka berishgan. Platini va Pele ham kartochka olgan. Lineker qoldi. Angliyada xohlagan futbolchini bemalol chetlata olishadi... Ammo u paytlar futbol boshqacha edi. SHu sababli, Linekerni tanlayman!



- Nima ham derdim: "CHempionat" nashri (championat.com) sizdan 1,5 mln rubl qarzi bor..

- Ajoyib!

- Demak, 21 savol. Nega 11 metrlik jarima to'pi penalti deb ataladi?

A) XIX asrda to'p tepgan britaniyalik futbolchi Ueyn Penalti sharafiga

B) 100 yillar oldin penalti joriy qilishni istagan irlandiyalik futbol bilimdoni Jon Penalti sharafiga

V) XIX asr oxirida futbolchilarga mukofot puli berishgan - bir necha penni. SHu nomga bog'liq

G) futbol Angliyada tug'ilgan va kimdir o'sha erda o'ylab topgan

- V varianti juda g'alati. YO qaysidir kishi yaratgan yoki shunchaki G. Ammo hozir buning hikoyasi ko'p aytiladi. Nega 11 metr ekanligiga tushunmayman? Nega 10 yoki 13 metr emas?

Qisqasi, B. Ueyn va Jonni farqlay olmayapman. Ammo bittiasini tanlash kerak!

- Ikkinchi marta ham taxminiy javobda adashmadingiz! 2 mln va 22 savol. "Uimbldon"ning maxsus taomini ayting.

A) olmali pirog

B) fish end chips

V) kartoshkali pishiriq

G) qulupnayli pishiriq

- "Fish end chips" degim kelyapti... CHunki bu inglizcha taom. Ammo bu erda gap turnir haqida ketyapti.

"Uimbldon" - aristokratlar musobaqasi. Asosan boy va mashhur insonlar qatnashadi... Kartoshkali pishiriq eyishmasa kerak. Bu erdagi eng oliy taom - qulupnayli pishiriq. SHuni tanladim.

- Yana to'g'ri javob! Barakalla Vitaliy. 23 savol, 3 mln rubl. 2013/14 mavsumda Rossiya chempionatida nechta gol urilgan?

A) 557

B) 584

V) 613

G) 651

- Aynan "Lokomotiv" nechta urganini so'raganingizda muammosiz javob bergan bo'lardim. 51ta. RFPLda bo'lsa... Bilmadim.

Hisoblashga urinib ko'ramiz. Bizda 30ta tur bor, xar turda 8ta o'yin. Demak hamma o'yinlar soni 240ta. Rossiyada juda ko'p gol urishmaydi. Ularning ko'pida 2ta goldan ko'p urilmaydi. Demak 480 va yana 50-70ta. 557 raqamiga yaqin keldik.



- Bu yakuniy javobmi?

- Ha. Mag'lub bo'ldimmi?

- Siz bu safar adashdingiz. 613ta gol. Vitaliy RPFL hujumchilariga ishonmasangiz kerak?

- Yo'q, shunchaki himoyachilarni hurmat qilaman. Rossiyada gol urish qiyin. Bir necha soniya to'p bila ovora bo'lib qolsangiz - tamom, uni olib qo'yishgan bo'ladi!

- To'g'ri, chiqib ketganingizga qaramay, men sizga qolgan savollarni berishda davom etaman. Qarshi emasmisiz?


- Albatta qarshi emasman.

- Demak, 24 savol. Baribir 1,5 mln yutib oldingiz. Endi bundan ko'proq yoki kamroq pul to'play olmaysiz. Fernando Torres "Atletiko"da uchta gol urishi uchun nechta zarba kerak bo'lgan?

A) 3

B) 5

V) 7

G) 20

- U juda tez urdi. Besh yoki uch... Keling 50/50 olamiz.

- Mening miyamdagi kompyuter A va G variantlarini qoldirdi.


- 3ta.

- Barakalla Vitaliy!


- Keyingi savol. "Apple Computer" kompaniyasi 1976 yilning qasi sanasida tashkil topgan?

A) 14 iyul

B) 5 oktyabr

V) 21 fevral

G) 1 aprel

- Siz rostdan ham ustimdan kulyapsiz... Aytgancha, mana bunda yozilgan bo'lishi mumkin?! - shu payt Denisov o'zining ayfonidan qandaydir yozuvlarni qidira boshladi. Ammo to'g'ri javobni topa olmadi. - To'g'risini aytsam bilmayman. 1 aprel bo'lsa qiziq bo'lar edi, ammo shubham bor. Nima bo'lsa bo'ldi, 14 iyul. Tavakkal!

- Topa olmadingiz, 14 iyul mening tug'ilgan kunim. To'g'ri javob - 1 aprel. Siz buni tanlagan edingizku!

- Nima ham derdim, keyingi savolga diqqatni jamlaymiz.

- O'key, Robbi Fauler APL tarixida necha daqiqada eng tez xet-trik muallifiga aylangan?

A) 3 daqiqa va 54 soniya

B) 4 daqiqa va 33 soniya

V) 6 daqiqa va 8 soniya

G) 8 daqiqa

- Eng tez ekan, demak, birinchi yoki ikkinchi javob bo'lishi kerak. Ammo 4 daqiqadan kam emas. 4 daqiqa va 33 soniya.

- Faulerning xet-triki uchun aynan shuncha vaqt kerak bo'lgan! Bu voqea 1994 yilda sodir bo'lgan.

- 27 savol va tasavvurdagi 7 mln rubl. Evropadagi qaysi shahar avvalari Lyuteciya nomida bo'lgan?


A) Veneciya

B) Parij

V) Barselona

G) Zagreb

- Veneciya, Parij va Barselonaning tarixi boshqacha. Xorvatiya avvallari Yugoslaviya safiga kirar edi. Sobiq Ittifoq tarqatilib yuborilganidan so'ng - bazi shaharlarning nomi o'zgargan bo'lishi mumkin. Zagreb.

- Noto'g'ri. Mantiqan to'g'ri yondoshdingiz. Ammo javob Parij. Milodiy 3 asrgacha Lyuteciya deb nomlangan.

- Qiziq... Kutmagan edim. Buni internetda albatta ko'rib chiqaman.

- 8 000 000 rubl - 28 savol. Qaysi soha vakillariga Nobel mukofoti berilmaydi?


A) fizika

B) kimiyo

V) matematika

G) iqtisod

- "Katta portlash teoriyasi" (serial) fiziklar haqida va SHeldon Leonard bilan Nobel mukofotini qo'lga kiritishni xohlaydi. Demak, A varianti tushib qolyapti.

Kimiyo bo'yicha ham berishadi. Metematik va iqtisod - aniq fanlardir. Mantiq bo'yicha mukofot olimlarga topshiriladi... Beshinchi variant yo'qmi? (kulib). Nima bo'lsa bo'lsin - matematika.

- Barakalla! Nobel mukofoti fizika, kimiyo, iqtisod, adabiyot, tibbiyot sohalari bo'yicha topshiriladi.




9 000 000 - 29 savol. Bu so'zlar muallifi kim: "Sening sog'ayishingni bayram sifatida kutadiganlar borligini bilganingda, kasal bo'lish ham yoqimli"?


1) CHexov

2) Knyajnin

3) Karamzin

4) Lomonosov

- Knyajnin va Karamzinni yaxshi bilmayman. Keling men taniganlardan tanlasak. Anton Pavlovich CHexov.

- Yomon emas Vitaliy. O'yindan chiqib ketganingiz chatoq bo'ldida. CHunki javobingiz to'g'ri!


- Yo'g'e... Topganimdan o'zim ham hayronman (kulib).

- Azoblar ortda qoldi. So'nggi savol, 10 mln rubl. 1865 yilda Butsa oilasi tomonidan qaysi diniy xayriya tashkiloti yaratilgan?

A) Qutqaruv Armiyasi

B) Rus injil jamiyati

V) Qizil hoch

G) Krishna jamiyati

 - Injil va Krishna jamiyati haqida birinchi martda eshitishim. Keling "Xato huquqi"dan foydalanamiz va B variantini tanlayman.

- Javob noto'g'ri. Ammo sizda yana bir imkoniyat bor!

- Unda Qutqaruv Armiyasi.

- Ikkinchi imkoniyatda to'g'ri topdingiz va 10 000 000 rubl yutib oldingiz! Lekin rasman 23 savolda mag'lub bo'lgansiz.

- O'zimning ishtirokimdan ko'nglim to'ldi! Yana chaqiringlar! Ha aytgancha, o'zimning 1,5 mln rublimni kutaman...


Jasur Aslanov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика