So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Visente Del Boske: "Terma jamoa murabbiyi sifatida klublar siyosatiga aralasha olmayman" Yangiliklar

Visente Del Boske: "Terma jamoa murabbiyi sifatida klublar siyosatiga aralasha olmayman"

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske Angliyaning“The Guardian” nashri xodimlari bilan suhbatlashdi.


Intervyuda u ingliz futboli, legionerlar limitisiz holat va Diego Kostaning terma jamoadagi istiqboli va boshqa masalalar yuzasidan berilgan savollarga javob qaytardi.


Ingliz futboli deganda xayolingizga nima keladi?

– Ingliz futboli endi yo'q. Sof inglizcha uslub boshqa mavjud emas.

Nega?

– Turli o'yin uslublari qorishuvi va xorijdan ko'plab futbolchilarning kelishi tufayli ingliz futbolini ananaviy tushunchaga mos holda saqlab qolish imkonsiz bo'lmoqda. Bazi jamoalarda hali ingliz futboliga xos xarakter bor, biroq maydonda biror klubning qaysi mamlakatdan ekanini bilish qiyin.

Milliy uslublar g'oyib bo'ldi. Davlatlar o'rtasida qandaydir aniq farqlar saqlanib qoldi deb o'ylamayman. Ehtimol, biror narsani yoddan chiqargandirman, lekin xalqaro maydonda ham Angliya Evropaning boshqa jamoalari kabi ko'rinyapti.

– Har safar Angliya yirik musobaqadan chiqib ketganda kelib chiqishdagi farq, turli islohotlar haqida gapiramiz, boshqa uslublarga havas qilamiz - Klerfonten, Ispaniya, endi esa Germaniya...

– Inqilob ketidan inqilob bo'ladi. O'zligingizni bilishingiz kerak! Lekin shunchaki boqib ham o'zgarib bo'lmaydi. Ochiq va boshqa davlatlar amalga oshirayotgan narsani qabul qiladigan bo'lish kerak. Futbolda ham moda mavjud. Uning qonuniy asoschilari, o'sishni yuzaga keltirayotganlar g'alaba qozonadi. Germaniya yutayotgan ekan, demak, uning o'yini barchanikidan yaxshiroq. Agar biz ispanlar yutsak, unda javobni bizdan qidiring. Ingliz futbolida ko'plab yaxshi narsalar bor va u o'zligicha qolishi shart. Biroq bu zamonaviylashish va rivojlanishdan to'xtash kerakligini bildirmaydi.

Ispancha uslub qanday? “Tiki-taka” yorlig'i sizni asabiylashtirmaydimi?

– Bu oddiyroq. Agar Ispaniyaga yorliq yopishtirmoqchi bo'lsangiz, siz bizni himoyaviy uslubdagi jamoa deb atay olmaysiz. “Tiki-taka” atamasi to'pni nazorat qilish va hujumkor futbolni bildiradi. SHu bilan birga himoyada ishonchlimiz. Biz kam gol urib, chempionga aylandik. Haligacha o'sha uslubda harakat qilyapmiz.

Tanlangan yo'nalish qanday? Ispaniya muvaffaqiyatlarining siri nimada?

– Odamlarga bizda o'ziga xos jihatlar borligini eslatishni, lekin aslida Franciya, Germaniya yoki bizga yaqin boshqa davlatlardan aniq farq qilmasligimizni eslatishni yoqtiraman. Avvallari mavjud bo'lgan kamchiliklardan qutuldik. Bunga isbot – futbolchilarimiz, ular xorijda juda yaxshi o'ynashmoqda. SHu bilan birga biz barchasini to'g'ri qilyapmiz: yaxshi infratuzilma bor, yangilari qurilyapti, juda yaxshi murabbiylarga egamiz. Ispaniyalik ishqibozlar futbol madaniyati o'sdi.

Biz o'yinning texnik taraflari ustida ishladik. Bu asosga aylandi. Jismoniy holatga etibor berish urfga aylangandi. Lekin hozir barchasi barqaror ko'rinishda. Istalgan jamoaning mashg'ulotiga qarang: dastlab jismoniy, keyin texnika va so'ng taktika ustida ishlanganiga guvoh bo'lmaysiz. Barchasi bir-biriga bog'langan. Yana taktika davri ham bo'lgandi, unda taktika eng muhim o'ringa chiqardi. Baxtimizga, bular o'rtasida bog'liqlik topish nasib etdi. Bizga omad ham kulib boqdi, buni inkor etib bo'lmaydi. Peshonamizga jahon chempioni bo'lish yozib qo'yilgandi.

Yozib qo'yilgan? Jiddiymi? Siz g'alaba qozonishingizni bilgan vaziyat bo'lganmi?

– Yo'q. Lekin ortga boqib, hammasi qanday bo'lganini eslaydigan bo'lsak, bu chempionlik taqdir hukmi bo'lganini ko'ramiz.

2010 yil “Oltin to'p”ni ispan futbolchisi yutishi kerakligini aytgansiz. Lekin aynan kim? Boshqalardan ajralib turgan yulduz o'yinchi bo'lmagandi. Aksincha, 4-5 nafar nomzod bo'lgan. Bu ispan futbolining g'oyasimi?

– Jahon chempionatini aynan jamoa sifatida yutish va jamoaviy muvaffaqiyat bilan g'ururlanish ajoyib bo'lgandi.

Jahon chempionatida Angliya premer-ligasi yordamisiz, uning imkoniyati va tajribasisiz zafar quchish mumkinmidi? Ko'plab futbolchilar aynan Angliya chempionatida o'ynashadi.

– Ha, shunday. Biroq bizning chempionatda jahonning eng kuchli ikki futbolchisi o'ynaydi. Biz Messi va Ronaldu davrida yashayapmiz.

– Messi 13 yoshda Ispaniyaga ko'chib o'tganda uni mahalliylashtirish haqida o'ylab ko'rilganmi?

– Harakatlar bo'lgan, biroq u o'z mamlakati uchun o'ynashni afzal bilgan. Qaroriga nisbatan ishonchda edi.

Ispan futbolchilarining Angliyada o'ynashi terma jamoaga yordam beryaptimi?

– Yordam beradi. Futbolchilarning xorijga ketayotgani yaxshi. Bu bizni ochiqroq qiladi va katta ustunlik beradi. Bunga menda hech qanday shubha yo'q. Sesk Fabregas 19 yoshda “Arsenal” sardori bo'lganda bu terma jamoa uchun ajoyib edi.

Bazida men terma jamoaga asos bo'ladigan 1-2 klub yo'qligidan shikoyat qilaman. Hozir futbolchilar turli klublarga tarqab ketgan. “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”da o'ynashmoqda. Yirik turnirlarni yutgan terma jamoalar bir klub bazasi atrofida shakllangan – “Bavariya” yoki “Yuventus” bunga misol bo'ladi.

YokiBarselona”.

– Ha. Lekin “Real” futbolchilarini ham unutmaslik lozim. Bizda Madriddan 4-5 va “Barselona”dan 7-8 nafar o'yinchi bor edi. SHu bilan birga biz kataloniyaliklar kabi o'ynamaganmiz. Ikki nafar tayanch yarim himoyachisi bilan o'ynash sxemasidan foydalanganmiz. Buskets va Alonsoga savollar bor edi, biroq ular jamoa asosiga aylangan.

Yana qachondir bizda “Livepul”dan 5 nafar futbolchi bo'lgan. Reyna, Arbeloa, Xabi Alonso, Torres, Luis Garsiya. Hozir “CHelsi”da ularning soni 4 nafarga etgan.

Premer-ligada uchdan bir qism futbolchilar ingliz xolos. Bu Angliya terma jamoasi murabbiyi Roy Xojson uchun muammomi?

– Ispaniyada ham shunday muammo mavjud. Bir safar “Atletiko”ning asosiy tarkibida ikki nafar ispan qolgandi. “Real” uch nafari bilan o'ynaydi. Ha, chempionatimizda ko'plab xorijlik o'yinchilar bor. Biroq men bundan kuchli shikoyat qilmasligim kerak. Bu klublar siyosati, mening ishim emas. Ularning safida ispan shaharchasida tug'ilishi shart bo'lmagan jahonning eng kuchli futbolchilari bor.

– SHu tufayli o'sha klublar ham o'ziga xosligini yo'qotyaptimi?

– Bunday deb o'ylamayman. Kubala Rambladan uzoqda tug'ilgan, Xento Guarnisoda tavallud topgan, Madridda emas. Pushkash vengr bo'lishiga qaramay, “Real” tarixini yozgan. Futbolchi o'shi o'ynayotgan jamoaning shahrida tug'ilgan bo'lishi kerak deb hisoblamayman. Lekin “Real”, “Barselona”, “Atletiko”, “Vilyarreal” va “Sevilya” kabi yoshlar bilan juda yaxshi ishlaydigan klublar ajoyib iqtidorlarga ega va ular bundan foydalanishlari shartligini inkor etib bo'lmaydi. Men muhim o'yinlardagi asosiy tarkibni gapirmayapman, lekin nima uchun shunday o'yinchilardan yaqin vaqt uchun zaxirani shakllantirib bo'lmaydi? Agar sizga dastlabki daqiqalardan mavsumda 5-10 marta maydonga tushadigan futbolchi kerak bo'lsa, nima uchun u mahalliy tarbiyalanuvchi bo'lmasligi lozim? Futbolchi uchun bu boshqacha his, boshqacha masuliyat.

– Diego Kosta ishlash eng qiyin bo'lgan futbolchimi? Bazida bu hujumchidan foydalanish maqul ish emasdek tuyuladi. U Ispaniya uchun atigi bir to'p kiritgan xolos.

– Kosta biz uchun muammo emas. Unga omad kulib boqmayapti, biroq bu Kostaning Ispaniya terma jamoasi uslubiga to'g'ri kelmasligini anglatmaydi. Hozir bizda Kosta, Morata va Pablo Alkaser o'rtasida raqobat bor. Umuman olganda, ularning barchasi kelajak hujumchilaridir.

David de Xea Iker Kasilyas singari yaxshi darvozabon bo'la oladimi?

–De Xeada Kasilyasdan o'tib ketish uchun barcha imkoniyat bor. Bazida uning “MYU”da 4-5 yildan beri o'ynayotganini unutib qo'yamiz. U SHmeyxel, van der Sar, Bartez – uch buyuk posbon qo'riqlagan darvozada turganini esdab chiqaramiz. Lekin Iker amalga oshirgan ishlarni uddalash qiyin. Son va sifat bo'yicha qaraganda ham.

– Bazan sizni o'ta yumshoqtabiat bo'lganingiz uchun ayblashadi. Qachondir jahlingiz chiqadimi? Biz bunga urindik, ammo hech narsa chiqmadi.

– Xa-xa! Cizlar uyimga tashrif buyurdingiz, mening mehmonimsiz. Qanday qilib sizlardan jahlim chiqishi mumkin? Men ham boshqalar kabi biror narsa yaxshi ketmayotganini yoqtirmayman. Biroq bu kimga qaratilishini tushunish kerak. Bir futbolchi tanqidni to'g'ri qabul qiladi, boshqasi bilan emas ziddiyatga bormaslik uchun shunga yarasha muomala qilish lozim. Har qanday holatda futbolchilar nimani noto'g'ri qilganini yaxshi bilishadi.

Agar odamlar “g'olib murabbiy” deb faqat uning baland ovozda qichqirayotganini aytishsa, bu yolg'on. Biror murabbiy yana va yana qichqirsa, u haqida g'olib murabbiy deb gapirishni boshlashadi. Jahonda yutqazishni yoqtiradigan biror murabbiy borligini bilmayman. Boshqalarga o'rnak bo'lishga davogarlik qilmayman, lekin murabbiy g'olib bo'la olishi kerak, yutqazishni va o'zini tutishni bilishi zarur. Maydon chetida o'zimni axmoqdek tutishni xohlamayman. Bazi murabbiylarga bu yoqadi.

Bu jamoaga yordam berishi haqida aytishadi.

– Teatrga xos, dramatik, hissiyotni bunday tarzda bildirish hech qanday qimmatga ega emas. Bu ishlamaydi. Odamlar uning hissiyotli, o'yinga kirib ketgani va qayg'urishi to'g'risida gapirishadi. Biroq kim barcha murabbiylar shunday hissiyotni boshdan kechirishi shartligini tasdiqlaydi? Hamisha bunday asab va bosimga dosh berish qiyin. Bu energiyani ko'p yo'qotishdir. Kuchni futbolchilarni o'yinga tayyorlashga sarflash kerak, yangi bilim va ishga.

Ishingiz haqida aytib bersangiz. Har kuni nima bilan mashg'ulsiz? Jamoangiz ikki oyda bir marta yig'iladi. Biroq 23 futbolchi haqida doim o'ylaysizmi?

– 23? Ko'proq. Ularning soni 43dan ortiq. Albatta, har kuni ular to'g'risida o'ylayman. Xuddi klubda ishlaganimdek futbol haqida o'ylamaslik mumkin emas. Bu shunchaki imkonsiz. Uyda tushlikdan keyin ham Ispaniya terma jamoasi yoki federaciya ishlari haqida qayg'uraman. Har bir o'yinchining o'sishi, qanday holatda ekani xususida bosh qotiraman. Gap bunda ham emas. Futbolchilarni faqat oxirgi turlarda yaxshi o'ynagani uchun terma jamoaga chaqirib bo'lmaydi. Biz jamoa qurishimiz kerak.

– O'zingizni qachon vaqti kelishini hech kim bilmaydigan odamga misol deb bilasizmi? “Beshiktosh”da 2004/05 yil ishlaganingizda Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida zafar quchishni orzu qilganmisiz?

– Yo'q, agar ortga nazar tashlasak, men futbolga o'zimni bunchalik bag'ishlashimni ham kutmagandim. Yosh o'yinchilarni rivojlantirish bilan mashg'ul bo'lishga umid qilgandim. Murabbiy bo'lishga, har kunimni bu ishga bag'ishlashga hech qachon xohishim bo'lmagan. Buning uchun juda urinmaganman ham. “Real”ning asosiy jamoasini klub malum vaziyatda menga muhtoj bo'lgani uchun qabul qilib olgandim. Maqsadim umuman boshqacha bo'lgandi.

Terma jamoada ishlashni to'xtatsangiz, keyin nima qilasiz?

– Qo'limdan kelgancha yaxshi yashayman.

Balki, yoshlar futboli bilan shug'ullanarsiz.

– Yo'q va yana yo'q. Vaqtimni oilam bilan o'tkazib, shunchaki yashayman. Lekin hamisha futbolga yaqin bo'lib qolaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика