Visente del Boske: “Kostaga termadan joy olish kafolatlanmagan”
05 noy 2013 14:46
Yangiliklar


Visente del Boske: “Kostaga termadan joy olish kafolatlanmagan”
Braziliya termasidan ko'ra Ispaniya terma jamoasida o'ynashni afzal ko'rgan madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Diego Kosta, Evropa va Jahon chempionlari bosh murabbiyi Visente del Boskening ishonchini to'liq oqlagani yo'q.
- Biz qisman bo'lsada unga ishonamiz, biroq Diego to'liq ishonchga kirib ulgurmagan. Braziliyada bo'lib o'tadigan musobaqadan oldin termadagi o'ringa davogarlik qilayotgan har bir o'yinchini kuzataman va o'yinlarni tahlil qilaman. SHundan so'nggina yakuniy ro'yxatni tuzishim mumkin, - Del Boskening so'zlarini keltiradi Football Espana.

Fikrlar