Visente Del Boske: "Ispaniya Erondan ehtiyot bo'lishi kerak"
08 may 2018 12:10
Yangiliklar
Visente Del Boske: "Ispaniya Erondan ehtiyot bo'lishi kerak"
O'z paytida "Real" bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan hamda Ispaniya terma jamoasini 2010 yilda jahon chempioni qilgan mutaxassis JCH-2018da Ispaniya Eronga qarshi ehtiyot bo'lib o'ynashi kerakligini aytib o'tdi.
- "Karlush Keyrush ispan va portugal futbolini juda yaxshi biladi. Bu esa uning ustun tomonlaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, Eron terma jamoasi juda yaxshi natija ko'rsatgan holda jahon chempionatiga chiqdi. Ispaniya bu jamoa bilan o'yinda ehtiyot bo'lishi kerak".
- "Eron Osiyo jamoalari orasida reytingda birinchi o'rinda bormoqda. Lekin Ispaniya baribir bu bahsda favorit hisoblanadi, chunki futbolchilar saralash bahslarini juda yaxshi o'tkazishdi. Biz maksimum 30dan 28 ochko to'pladik, buni juda yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi", - mashhur murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Eron JCHdagi dastlabki uchrashuvni 15 iyun kuni "Lujniki" stadionida Portugaliyaga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar