Vinisius: "Dunyoning eng kuchli klubida 100ta o'yin o'tkazganimdan juda ham mamnunman"
03 mar 2021 15:10
Yangiliklar
Vinisius: "Dunyoning eng kuchli klubida 100ta o'yin o'tkazganimdan juda ham mamnunman"
Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior Madridning "Real" klubi safida 100ta o'yin o'tkazdi.
Yaqinda bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yin 20 yoshli o'yinchi uchun yubiley bahs bo'ldi.
"Bu o'zgacha o'yin bo'ldi. Men "Real" safida 100ta o'yin o'tkazganimdan juda ham mamnuman. Bu dunyoning eng yaxshi klubi. O'z yutug'imdan faxrlanaman. "Qaymoqranglilar" safida o'ynash - men uchun amalga oshgan orzudir. "Real" safida yana 100ta o'yin o'tkazishni rejalashtirmoqdaman", - deydi Vinisius.
"Real" va "Real Sosedad" o'rtasidagi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Vinisius 89-daqiqada gol urdi va o'z jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar