"Vinisiusning 2-bo'limdagi o'yinini yosh bolakaylarga ko'rsatish kerak"
23 okt 2024 14:32
Yangiliklar


"Vinisiusning 2-bo'limdagi o'yinini yosh bolakaylarga ko'rsatish kerak"
Madridda musobaqaning o'tgan yilgi finalchilari o'zaro bahs olib borishdi. Unda "Real" birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, yakunda 5:2 natijasi bilan g'alaba qozondi. O'yinda Vinisius 3ta gol urdi.
Bellashuvdan keyin madridliklar azosi Lukas Vaskes Vinisiusning o'yinini yosh bolakaylarga ko'rsatish kerakligini aytib o'tdi.
"Vinisiusning 2-bo'limdagi harakatlari haqida nima deb o'ylayman? Tasirli. U dunyoning eng hal qiluvchi futbolchisi ekanligini yana bir marotaba ko'rsatdi.
U aqlboqar qilmas ikkinchi bo'limni o'tkazdi. Yosh bolakaylarga futbolni qanday o'ynash kerakligini anglashlari uchun Vinining 2-bo'limdagi o'yinini ko'rsatish kerak. SHunday jahl va chanqoqlik bilan o'ynash lozim. U uchun juda xursandman", - dedi Vaskes.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar