Vinisius Braziliyada "xorijda o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi" sovrinini qo'lga kiritdi
28 noy 2023 00:44
Yangiliklar
Vinisius Braziliyada "xorijda o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi" sovrinini qo'lga kiritdi
Vinisius Junior 2023 yil yakunlariga ko'ra "Oltin samba" sovrini egasiga aylandi.
Har yili topshiriladigan "Oltin samba" sovrini Braziliyadan tashqarida to'p tepadigan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga taqdim etiladi.
2021 yilgacha "Oltin samba" sovrini Evropada o'ynayotgan eng yaxshi braziliyalik o'yinchiga berilar edi. 2021 yildan boshlab bu sovringa boshqa hududlarda to'p tepuvchilar ham nomzod bo'la boshlashdi.
"Real" va Braziliya terma jamoasi vingeri bu sovrinni faoliyatida birinchi marta qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rinni Neymar, uchninchini esa Markinos egalladi.
O’xshash yangiliklar
16:40
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Filippin bilan jangovar durang qayd etdi 5
13:03
O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: "Bizdan yangi "Husanov"larni qidirishmoqda" 3
Fikrlar