Vinchenco Montella: “Yuventus” ustidan 90 daqiqada g'alaba qozonishga loyiq edik”
24 dek 2016 01:07
Yangiliklar
Vinchenco Montella: “Yuventus” ustidan 90 daqiqada g'alaba qozonishga loyiq edik”
“Milan” bosh murabbiyi Vinchenco Montella jamoasining Italiya Superkubogida “Yuventus”ga qarshi (1:1, 4:3 penaltilar seriyasi) uchrashuvdan keyin o'z fikrlar bilan o'rtoqlashdi.
“G'alaba qozonish yoqimli. Bu yigitlar uchun kelajakdagi g'alabalarning poydevori bo'lishi shubhasiz. Axir biz “Yuventus”dek kuchli jamoa bilan tengma-teng o'ynay oldik.
Berluskoni uchun xursandman. G'alabani unga bag'ishlaymiz. Bu sovrin uning uchun qanchalik muhim ekanligini barcha biladi.
Dastlabki 20 daqiqada biz o'z o'yinmizni topa olmadik. Ammo oxir oqibat asta sekin o'yinimizni kuchaytira boshladik. Bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi va biz asosiy 90 daqiqada g'alabaga loyiq edik. Qo'shimcha vaqtda jismoniy toliqish o'z so'zini ayta boshladi. Ammo Diabala o'yin oxirida qo'ldan chiqargan vaziyatdan keyin yutqazib qo'yish juda alamli bo'lardi”, deydi Montella.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar