Vinchenco Montella: "Yuventus" mag'lub bo'lmaydigan jamoalar sirasiga kiradi"

5 dek 2014, 00:54
"Fiorentina" klubi bosh murabbiyi Vinchenco Montella "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yuventus" juda katta kuchga ega jamoa hisoblanadi. Ularni mag'lub 

etish oson ish emas. Antonio Konte bu jamoani yangi darajaga olib chiqqan bo'lsa, Massimiliano  Allegri "Yuventus"ni to'g'ri yo'ldan olib ketmoqda. Raqib jamoaning tarkibi juda kuchli futbolchilar bilan boyitilgan. Buffondan tortib Pirlo va Tevesgacha. Umuman olganda, darvozabon, kuchli himoyachilar, yarim himoya chizig'i va hujumchilar yuqori darajadagi ijrochilar hisoblanishadi. 

O'yin o'ta qiyin kechishini taxmin qilish mumkin. Biz o'z muxlislarimiz qarshisida nimagadir erishish maqsadida maydonga tushamiz.



Manba: sports.ru