Vinchenco Montella: “Biz g'alabaga haqli o'yin ko'rsatdik”
13 dek 2013 11:56
Yangiliklar


Vinchenco Montella: “Biz g'alabaga haqli o'yin ko'rsatdik”
“Fiorentina” klubi bosh murabbiyi Vinchenco Montella, Evropa Ligasi doirasida “Dnepr” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, uning jamoasi haqli ravishda guruhda birinchi o'rinni egallaganini takidlab o'tdi.
“Evropadagi o'yinlarning birortasida ham mag'lubiyatga uchramadik. Faqatgina “Dnepr” va biz pley-off bosqichiga chiqish uchun kurash olib bordik.
“Dnepr”da ajoyib jamoa shakllangan, ammo o'zaro o'yinlarimizni taqqoslaydigan bo'lsak, bizlar g'alabaga ko'proq haqli edik. Biz butun o'yin davomida to'pni boshqarib turdik va hattoki uchinchi golni urishga ham yaqin turgandik.
Endi Evropra Ligasi yanada qiyinroq va qiziqarliroq bo'ladi”, - deydi Montella.

Fikrlar