"Vilyarreal" vaqtincha boshqa stadionga ko'chadi
16 fev 2022 23:35
Yangiliklar
"Vilyarreal" vaqtincha boshqa stadionga ko'chadi
Garchi "Levante" ushbu mavsumdan keyin Segundaga tushib ketadigan bo'lsa ham klub stadioni navbatdagi mavsumda LaLiga o'yinlarini qabul qilishi mumkin.
"mundolevanteud" xabariga ko'ra, "Vilyarreal" kelasi mavsumning dastlabki qismini "Syutat de Valensiya" stadionida qabul qilishi mumkin.
"Vilyarreal" o'zining "Estadio de la Seramika" stadionida katta tamirlash ishlarini olib bormoqchi. Bu ishlar 2022 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha davom etadi.
SHu sababli klub o'ziga boshqa uy stadioni tanlab qo'ygan. SHu orqali "Levante" qurilish ishlaridan keyin o'zining stadionida tamirlash ishlarini olib boradi va uy o'yinlarini "Estadio de la Seramika" stadionida o'tkazib turadi.
Fikrlar