So’nggi yangiliklar

20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  0 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  3 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2

"Vilyarreal" Setenni ishdan bo'shatdi. Bu juda g'alati, lekin klubning rejasi borligi aniq Yangiliklar

"Vilyarreal" Setenni ishdan bo'shatdi. Bu juda g'alati, lekin klubning rejasi borligi aniq

"Sariq suvosti kemasi" barchani lol qoldirgani, bor gap.

Yodingizda bo'lsa, 12 iyul sanasida chempionatdagi birinchi istefo "Rayo Valekano"dagi Fransisko Rodriges bo'lishi, unga jamoani tark etgan Andoni Iraolaning o'rnini bosish qiyin bo'lishini taxmin qilgandik.

CHempionat boshlangach, bu borada Xose Luis Mendilibar favoritdek ko'ringandi. Murabbiy "Sevilya" bilan mavsumni shu qadar omadsiz boshladiki, Superkubok uchun maydonga tushgan sevilyaliklar 4 ta turda biror ochko ham ololmadi.

Biroq "Vilyarreal" hammani lol qoldirib, terma jamoalar o'yinlari uchun mo'ljallangan tanaffusdan oldin Kike Setenga chiqish eshigini ko'rsatdi. Vaholanki aynan shu "pauza"da jamoa kamchiliklar ustida ishlab, xatolarni to'g'rilab olishi mumkindek edi. 

O'n beshinchi o'rin – "Vilyarreal" uchun normal holat emas, lekin masalaning yana bir tomoni borki, Seten jamoasi o'tgan mavsum ham anchagacha tezlik ololmagandi. Barchasi "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin boshlandi va jamoa "Real Sosedad"ga imkoniyatni boy berib, Evropa Ligasi yo'llanmasini (5-o'rin) qo'lga kiritdi. 

Kastelon klubi chuqur inqirozda emas, bu fakt achinarli statistika bilan ham o'zgarib qolmaydi. Yangi mavsum startida "Vilyarreal"dan (9) faqatgina "Granada" (12) ko'proq gol o'tkazib yubordi.

Malumotlarga qaraganda, klub veteranlari Raul Albiol, Dani Parexo va Eten Kapu bosh murabbiy Seten istefosini yoqlab ovoz bergan, ammo bunga ishonish qiyin. Agarda vaziyat shunday bo'lsada, klub prezidenti Fernando Roig faqat bir marta bunday jaxl otiga mingandi. O'shanda u Marselino bilan xayrlashishga qaror qilgan.

"Vilyarreal"ning bunday kutilmagan qaroriga yana bir sabab jamoa bo'sh qolgan, lekin faoliyatini Keramikada qayta jonlantirishga tayyor murabbiylar guruhidan o'ziga yaxshi variant topmoqchiligidadir.

Bunday nomzodlar kamida ikkita — Xulen Lopetegi va Marselo Galyardo.


CHukvuezening "Milan"ga sotilishi — "Vilyarreal" uchun juda og'riqli zarba

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика