"Vilyarreal" Albiol bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi
28 iyu 2021 16:04
Yangiliklar
"Vilyarreal" Albiol bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi
"Vilyarreal" himoyachisi Raul Albiol faoliyatini "sariq suv osti kemasi"da davom ettirishi mumkin.
Klub shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan futbolchi bilan bitimni uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.
Albiol faoliyati davomida "Valensiya", "Xetafe", "Real" va "Napoli" klublari sharafini himoya qilgan.
Albiol Ispaniya terma jamoasi tarkibida JCH g'olibi va ikki bor Evropa chempionatida zafar quchgan.
Fikrlar