Viloyat hokimi Nasaf jamoasi azolari bilan uchrashdi
24 avg 09:15
Yangiliklar
Viloyat hokimi Nasaf jamoasi azolari bilan uchrashdi
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Murotjon Azimov va SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi bosh direktori SHuhrat Aslanov Nasaf futbol klubi qarorgohiga kelib futbolchi va murabbiylar bilan uchrashdi.
«Murotjon Berdialievich sevimli jamoamiz Superligada karvonboshilik qilayotganini va bu shijoatni mavsum oxirigacha ushlab qolish kerakligini, Qashqadaryo xalqi Superliga chempionligini kutayotganini alohida takidlab o'tdi. Jamoaga tashkiliy masalar bo'yicha hech qanday muammo bo'lmasligi aytib o'tildi.
Jamoamiz prezidenti SHuhrat CHorievich ham jamoaga bo'shashmaslikni, jamoa bu vazifani uddalay olishini va yangi tarix yozish arafasida turganini etirof etdi», - deyilgan "«Nasaf» matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, «Nasaf» ortda qolgan 16 tur natijasiga ko'ra 35 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Ajdarlar» 25 avgust kuni Qarshida Andijonning «Andijon» jamoasini qabul qiladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar