Villi Sanol Eron terma jamoasini boshqarishi mumkinmi?
04 iyu 2020 16:15
Yangiliklar


Villi Sanol Eron terma jamoasini boshqarishi mumkinmi?
Eron futbol federaciyasi matbuotda tarqalgan xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
Gap shundaki, Franciyaning Foot Mercato sayti Eron terma jamoasiga bosh murabbiy etib Villi Sanol tayinlanishi borasida xabar chop etdi. Saytdagi xabarda Eron federaciyasi "Bavariya"da murabbiy yordamchisi bo'lib ishlab kelgan Sanol bilan muzokara o'tkazishga tayyorligi yozilgan.
Bu yangilik ko'p o'tmay Eron nashrlarida ham berildi. Natijada federaciya rasmiysi Amir Mehdi Alavi ushbu xabarga munosabat bildirdi: "Bu umuman yolg'on malumot. Biz Villi Sanol bilan uchrashganimiz ham, gaplashganimiz ham yo'q. Terma jamoani Dragan Skochich boshqarishda davom etadi, biz xorvatiyalik murabbiyga ishonamiz".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar