Villash-Boash Paulinoning "Barselona"ga o'tishi haqida fikr bildirdi
14 avg 2017 18:45
Yangiliklar


Villash-Boash Paulinoning "Barselona"ga o'tishi haqida fikr bildirdi
"SHanxay SIPG" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash "Guanjou Evergrand" yarim himoyachisi Paulinoning 40 mln. evro evaziga "Barselona"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Paulino bu erga kelib, o'z vazifasini yaxshi bajardi va endi u jahonning eng yaxshi klublaridan biriga transfer qilindi. Katta klublar ham bizning ligada futbolchilar izlashi isbotlandi. Bu transfer o'yinchi Xitoy chempionatida bajargan mehnatining samarasi" - deydi Villash-Boash.
29 yoshli Paulino tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar