Villash-Boash: “Men APLga qaytmayman”

27 apr 2020, 22:58
“Marsel” klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning aytishicha, u bundan buyon Angliya premer ligasi klublarini boshqarmas ekan.

“Men u erga qaytmayman. APL katta investiciyalar jalb etilgan, kuchli futbolchilar va jamoalar joy olgan birinchilik. Ammo menga o'zgacha falsafaga ega liga yoqadi. Bu Angliya chempionati emas”, dedi Villash-Boash Renascenca radiosiga bergan intervyusi chog'ida.

42 yoshli portugaliyalik murabbiy o'z vaqtida “Chelsi”(2011-2012) va “Tottenhem” (2012-2013) jamoalarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Radio Renascenca