Villash-Boash 10-raqamni muomaladan chiqarishni taklif qildi
26 noy 2020 22:00
Yangiliklar
Villash-Boash 10-raqamni muomaladan chiqarishni taklif qildi
“Marsel” ustozi Andre Villash-Boash argentinalik afsona Diego Maradonaning vafot etganiga munosabat bildirdi.
“Og'ir judolik va mudxish xabar. FIFAga barcha musobaqalardagi jamoalar 10-raqamni muomaladan chiqarishini taklif etaman. Bu Maradonani sharaflashning eng yaxshi usuli bo'ladi.
Diegoning o'limi esa butun futbol olami uchun katta yo'qotishdir”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
Malumot o'rnida, Maradonaning sobiq jamoasi “Napoli” ko'pdan buyon 10-raqamdan foydalanmaydi. Diego neapolliklar sharafini 1984-1991 yillarda himoya qilgan va UEFA Kubogida zafar quchib, Skudettoni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar