So’nggi yangiliklar

12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  4 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  13 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  5 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  2 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  19 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4

Viktor Xermans: "Balki Eronga to'qnash kelmaganimiz ham yaxshilikkadir" Yangiliklar

Viktor Xermans: "Balki Eronga to'qnash kelmaganimiz ham yaxshilikkadir"

Tailand hamda Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi uchinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan o'yindan so'ng tailandliklar bosh murabbiyi Viktor Xermans jurnalistlar savollariga javob berdi.
“O'tgan safar juda jahlim chiqqandi va qornim och edi (kuladi). SHu bois ko'pchilik meni jahldor murabbiy deb o'yladi. Mag'lubiyatni yoqtirmayman. Bugungi o'yinga kelsak Vetnamni mag'lub etganimizdan xursandman. Taqimdan noroziman. O'yinlar deyarli har kuni o'tkazildi. Pley-off bahslarida jamoalar natijani o'zlari uchun to'g'rilab olishlari mumkin bo'ldi. Hakamlar borasida ham norozilik bildiraman. Avstraliyalik hakam O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi 4ta o'yinda ishladi. Bu to'g'ri emas. Men o'zimni emas sportni o'ylab shularni aytdim”, - deydi murabbiy.

- Musobaqada Tailand mag'lubiyatga uchramadi. Keyingi rejalar qanday?
- Birinchi navbatda uyga boraman va oila azolarimni ko'raman. Tailand Futbol Associaciyasida yangi prezident saylandi. Agar u bilan fikrimiz bir joydan chiqsagina Kolumbiyaga boraman. Aks holda uyda qolaman.

- Vetnam murabbiyi uchinchi goldan so'ng hakamni tanqid qildi. Uning ham qorni och bo'lganmikin?
- Balki shunday bo'lgandir. Hakam bo'lish oson emas. Lahzalarda qaror qabul qilish kerak. Ammo men aytgan narsalar umuman boshqa narsa.

- O'zbekiston haqida qanday fikrdasiz?
- Tailandni O'zbekistondan kuchli deb hisoblayman. Balki Eron bilan o'ynamaganimiz ham yaxshi bo'ldi shekilli. Vetnam Eronga 1:13 hisobida yutqazganini barcha ko'rdi. Biz bugun Vetnamni mag'lub etib musobaqani yaxshi kayfiyatda tugatdik. Tailand va O'zbekiston o'rtasidagi bahsda imkoniyatlar teng edi.

- Tailanddan Jahon chempionatida nima kutishimiz mumkin?
- Agar biz guruhdan chiqsak juda xursand bo'lardim. Yuqorida aytganimdek hozircha Kolumbiyaga borishim ham so'roq ostida. Bundan tashqari ko'p narsa quraga ham bog'liq. Balki siz jurnalistlarni ham Kolumbiyada ko'rib qolarmiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика