So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

Viktor Vanyama: London Nayrobini eslatadi Yangiliklar

Viktor Vanyama: London Nayrobini eslatadi

U 15 yoshigacha butsalarsiz o'ynagan. Oradan olti yil o'tib esa Barselona darvozasini ishg'ol qilgan.

U spagetti, Tvitter, tungi hayot va podkatlarni yaxshi ko'radi. Ammo qizil kartochkalardan qo'rqadi. FourFourTwo nashriga intervyu bergan Tottenxem yarim himoya­chisi Viktor Vanyama o'zi haqida gapirib o'tdi.

Aksariyat holatlarda Tvitter futbolchilarga yaxshilik olib kelmaydi. Joleon Leskott va Joi Bartonlar bilan bo'lgan holatlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Viktor Vanyama bilan esa aksincha. Keniyalik futbolchi maydonda qo'pol bo'lishi mumkin. Biroq uning qo'liga smartfon bersangiz, qanday muloyim insonligiga guvoh bo'lasiz.

2012 yilning 26 aprelida Vanyama dahshatli film ko'rgani va u yakunlanmasdanoq DVD diskni olib, axlat qutisiga tashlab yuborganini yozgandi.

- O'sha kuni safarda o'yin o'tkazgandik. Uyga juda kech qaytdim, - deydi Viktor. - Hech uyqum kelmadi va Paranormal hodisa-3ni ko'rishga qaror qildim. Dahshat! Bunday bo'lishini kutmagandim. Hattoki, diskni axlat qutisiga tashlab yubordim. Keyinchalik qo'rqinchli film­larni ko'rmay qo'ydim.

SHunga qaramay, Angliya poytaxtiga kelishdan cho'chimadi.

- London Nayrobini eslatib yuboradi. U erda tungi hayot avjida. Odamlar dushanbadan dushanbagacha tinishmaydi. Hech kim uxlamaydi. Albatta, Sautgempton yoki Glazgodan farq qiladi. Bu erda jahonning har bir burchagidan kelgan insonlarni uchratasiz. Bazida ham­yurtlaringizni ko'rasiz. Ko'chada Keniyadan kelganlar bilan gaplashib turaman. Bundan oldin Sautgemptonda xorijliklarni deyarli uchratmaganman. Glazgoda esa bir marta keniyalik bilan uchrashib qolgandim. U ham Edinburgdan kelgan ekan.

25 yoshli futbolchining bolaligi xavfli o'tgan bo'lsada, uni quvonch bilan eslaydi. Viktor stadiongacha bir necha kilometr yo'lni piyoda bosib o'tardi. 15 yoshigacha esa umuman butsasi bo'lmagan.

- Biz umuman nolimasdik. Hazil-huzul qilib, yo'lning tugab qolganini bilmasdik. Maydonda esa uzoq masofadan piyoda kelganimizni hech kim eslamasdi. SHunchaki, iloji boricha ko'proq futbol o'ynashni istardik. Faqatgina qorong'u tushib, o'yinimizga barham berardi.

JMJ akademiyasiga kirgunimcha, 14 yoki 15 yoshimgacha butsalarim bo'lmagan. Bu haqda jamoadoshlarimga gapirmayman. Ular ham so'rashmaydi. SHundoq ham Afrikada bizga oson bo'lmaganini yaxshi bilishadi. Lekin bunday holatlar odamni yanada kuchli bo'lishga undaydi.

Otasi Noy (Keniyaning 13 karra chempioni, Leopards safida o'ynagan)dan tashqari, akalari Tomas, Silvestr va Makdonald Marigalar ham futbol o'ynashgan. Ha, o'sha 2010 yili Joze Mourino boshchiligidagi Inter CHempionlar Ligasida g'olib chiqqanda zaxirada o'tirgan Mariga.

Vanyama bolaligida Evropa grandlari ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilish uchun mahalliy kino­teatrga borardi. Unga hammadan ko'ra bir futbolchi ko'proq yoqardi.

- Asosan, Manchester Yunaytedning uchrashuvlarini tomosha qilardim. Menga Roy Kinning o'yinlari yoqardi.

Vanyama Seltikda Kin kabi ishlarni bajarardi. Glazgoga u Belgiyaning Beersxotidagi uch yillik va SHveciyaning Xelsinborgidagi bir yillik faoliyatidan so'ng borgan.

- Belgiya va SHveciya - ajoyib mamlakatlar. Ammo SHveciya sovuqroq. Hattoki, Glazgodan ham sovuq.

U Seltik safida SHotlandiya chempionligi va kubogini qo'lga kiritdi. SHuningdek, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. Biroq uning uchun Glazgodagi eng muhim voqea Barselona darvozasiga urgan golidir. 2012 yilning noyabrida bo'lib o'tgan uchrashuvda Vanyamaning goli Seltikning kataloniya­liklar ustidan tarixiy g'alabaga erishishida yordam bergandi.

- Bu mo'jiza edi. O'shanda stadion buzilib ketadi deb o'ylaganman.

Keniyada Seltik va Reynjersning fanatlari juda ko'p. Ushbu jamoalar Afrika mamlakatida ko'plab xayriya tadbirlarini o'tkazishgan.

- Seltikka o'tgunimga qadar CHempionlar Ligasida o'ynamagandim.

2013 yili Tottenxem Vanyamani 12,5 million funt sterling evaziga sotib oldi. O'shanda Viktor atigi 22 yoshda edi.

- Tottenxemga o'tishimda Pochettinoning xizmati katta. Oldimda variantlar ko'p edi. Lekin Maurisio Londonga kelishga ko'ndirdi. U bilan oldin ishlaganim uchun futbolchilarga qanday munosabatda bo'lishini yaxshi bilaman. Buning ustiga, Tottenxem ECHLda o'ynadi. Angliya premer-ligasida ham imkoniyatlari yaxshi.

Football.ua - JA'FARALI tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика