So’nggi yangiliklar

13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  0 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  5 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  2 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  5 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  2 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  7 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  10 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  2 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  6 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  3

Viktor Raskov: "Andijon" uchun ko'proq gol urishga harakat qilaman" Yangiliklar

Viktor Raskov: "Andijon" uchun ko'proq gol urishga harakat qilaman"

“Andijon” jamoasi joriy mavsumda o'z safiga uch nafar legionerni qo'shib oldi.
Moldaviyalik Aleksey Kasyan ikki yillik tanaffusdan so'ng “Andijon”ga qaytgan bo'lsa, ukrainalik Sergey Dacenko va Viktor Raskov ham bu yil jamoamiz sharafini himoya qilishadi. “Andijon” jamoasi o'z qarorgohiga qaytganidan so'ng Raskov bilan suhbatlashdik.

- Viktor, “Andijon” varianti qanday paydo bo'ldi?
 - O'tgan mavsum yakunlangach erkin o'yinchiga aylangandim. Menga agentlar qo'ng'iroq qilib O'zbekistondan taklif borligini aytishdi. Bunga rad javobini bermadim va “Andijon” safiga qo'shildim.

- So'nggi klubingiz “Avangard”midi?
 - Ha, lekin bu jamoada ikki-uch oy o'ynadim xolos. Umuman olganda oxirgi ikki yildan beri Xarkovning “Gelios” klubida to'p surib kelayotgandim.

- “Andijon” to'g'risida nima deysiz? Jamoa sizni qanday qabul qildi?

 - Hozircha yangi jamoam to'g'risida ko'p narsa bilmayman. Tarkibga qo'shilganimga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ammo ahil jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Futbolchilarchilar bilan do'stlashib oldim.

 - Hamyurtingiz Dacenkoning borligi ham sizga qo'l kelayotgandir?

 - Albatta, bu menga katta plyus bo'lmoqda. Sergey avval ham O'zbekistonda o'ynagan. Yangi muhitga moslashishimga u ham yordam bermoqda.

- Bosh murabbiy haqida fikringiz qanday?
 - Murabbiy to'g'risida yaxshi fikrlarni bildirishim mumkin. Mashg'ulotlarda bizdan nima xohlayotganini tushuntirmoqda. Murabbiy barqaror jamoani shakllantirishga harakat qilyapti.

- “Andijon”ga qanday maqsadda keldingiz?
 - Maqsadlarim yuqori albatta. Birinchi navbatda jamoamiz yaxshi o'yinlar ko'rsatib muxlislarni xursand etishini xohlayman. SHu bilan birga men hujumchiman va “Andijon” uchun ko'proq gol urishga harakat qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика