So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  0 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

Viktor Kumikov: "Yaxshi o'yin ko'rsata olmagandirmiz. Muhimi uch ochko bor" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Yaxshi o'yin ko'rsata olmagandirmiz. Muhimi uch ochko bor"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Andijon" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Albatta, qiyin o'yin o'tkazdik. Bahs olti ochkolik ekanligini barchamiz his qilib turgandik. Balki bugun yaxshi o'yin ko'rsata olmagandirmiz, biroq uch ochko ishlashni uddasidan chiqa oldik. Umuman olganda, maydonda tengma-teng kurash kechdi", – deydi Viktor Kumikov.

- Legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lishi kerak. O'yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Pavel Zabelinni tushirdingiz. Ertaroq tushganida foydasi ko'proq tegishi mumkin edi...

- Jamoamizdagi bir nafar legioner Qozog'iston terma jamoasi azosi hisoblanadi. U hali tiklanishga ulgurgani yo'q, lekin har ehtimolga qarshi zaxirada ushlab turdik. Umuman olganda, yomon o'ynamadi. 

- O'z vaqtida "Mashal"da faoliyat olib borgansiz. O'sha vaqtdagi jamoa bilan hozirgisi o'rtasida farq katta. Bugun mazkur jamoani yutishni bilarmidingiz?

- Men "Mashal"ni boshqargan vaqtimda futbolchilar kuchliroq edi. Jamoa yuqori o'rinlar sari kurashgan. Hozirda bunday darajadagi futbolchilar yo'q. Mening fikrimcha, futbol darajasi pastladi. Buni o'zbek klublarining xalqaro maydondagi ishtiroki ham aytib turibdi. O'zbekiston chempionatida bir nechta kuchli jamoalar sovrinli o'rinlar uchun kurashardi. Hozir faqat "Paxtakor" favorit. Qolgan o'rinlardagi jamoalarning saviyasi deyarli bir xil. Kimda pul bo'lsa, barqaror qatnashmoqda. Akademiyasi, infratuzilmasiga ega klublar qolganlardan ajralib turibdi. 

- Sizningcha, bugun "Mashal" o'ynay olmadimi yoki to'p tepishni istamadimi?

- "Mashal" yomon o'ynamadi. Bizga bosim uyushtirishga harakat qildi. Biz penaltini golga aylantirdik. 

- Aleksandr Xomyakov bilan munosabatlaringiz qanday?

- Yaxshi. U Qozog'iston chempionatida qo'l ostimda to'p tepgan. Aleksandr Xomyakovni murabbiy sifatida O'zbekistonga olib kelganman. Munosabatlarimiz ko'ngildagidek.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика