So’nggi yangiliklar

23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  0 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   23 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  2

Viktor Kumikov: “Olmaliq” oldiga OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan” Yangiliklar

Viktor Kumikov: “Olmaliq” oldiga OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan”

“Olmaliq” klubi yangi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Jamoa bosh murabbiyi, rossiyalik Viktor Kumikov tadbirda berilgan savollarga javob qaytardi.

“Yangi mavsum oldidan uchta yig'in o'tkazdik. Birinchisi dekabr oyida Toshkentda bo'lib o'tdi. Keyin Turkiyaning Antaliya shahrida ikkita yig'in olib bordik. Oldimizga qo'ygan barcha rejalarni amalga oshirdik. Bir qator nazorat o'yinlarini o'tkazdik. Tarkibimiz 80 foizga yangilanib ketdi. SHu bois hozircha futbolchilar bir birlarini 100 foizga tushunishga erishmagan, kichik muammolar mavjud. Ikki oy ichida yangi jamoa shakllantirib bo'lmaydi. O'yinlar orqali futbolchilar o'zaro til topishib ketaverishadi. Mavsum davomida o'z o'yinimizni yaxshilab boraveramiz”, - deydi Viktor Kumikov. 


- Jamoa yangi deyapsiz. Rahbariyat “Olmaliq” oldiga qanday vazifalar qo'yilmoqda?
- Rahbariyat bizni taklif qilishdan oldin jamoani quyi o'rinlarda yurishini ko'zlamagani turgan gap. Jamoa tarkibi yangilanganiga qaramay bizning oldimizga OCHL yo'llanmalaridan birini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilmoqda. Mavsum uzoq davom etadi shu bois chempionatni qaysi pog'onada tugatishimizni kuzda bilib olamiz.

- Qaysi chiziqni kuchaytira olmadingiz?
- Tarkibdagi futbolchilar o'zlarini ko'rsatishda davom etishsa va rivojlanishda davom etishsa yaxshi. Agar bunday bo'lmasa ular bilan xayrlashib yangi futbolchilarni olib kelishga majbur bo'lamiz. Hozircha bir nafar osiyolik futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmadik. Ammo bu masala yaqin orada hal bo'ladi deb o'ylayman. 2 yoki 3-turda u maydonga tushishi mumkin.


- Jamoaga kelgan legionerlarning har biriga tarif bera olasizmi?
- Belaruslik Vladislav Kasminin. Markaziy himoyada o'ynaydi. U bo'ydor, havodagi kurashlarni yutadi, bundan tashqari maydonni yaxshi ko'ra oladi. Igor Yelich esa tayanch yarim himoyada o'ynaydi. Barchaga malumki markaziy himoya va tayanch yarim himoyachilar tanqis. Gruziyalik SHota Grigalashvili hujumchi ortida, qanotda va tayanch yarim himoyachi rolini bajara oladi. Bizga shunday universal futbolchi kerak edi. Muammoli joylarni legionerlar orqali to'ldirishga harakat qildik.
 

Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика