Viktor Kumikov: “Ikkita penalti ham haqqoniy belgilandi”
05 avg 2017 23:46
Yangiliklar
Viktor Kumikov: “Ikkita penalti ham haqqoniy belgilandi”
-Yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantirishda omadimiz chopmadi, deb hisoblayman. Himoyadagi bittagina xatomiz darvozamizdan gol o'tkazishimizga sababchi bo'ldi. Birinchi davradan farqli ravishda, ikkinchi davrani yaxshiroq boshladik-mag'lubiyatdan qutulib qoldik.
-Jamoangizga yangi qabul qilingan futbolchilarning o'yini haqida nima deya olasiz?
-Lutfulla To'raev hali to'liq 90 daqiqa maydonga tushishga tayyor emas. U biz bilan yig'inni o'tkazdi, lekin hali optimal formaga tushib olgani yo'q. SHuning uchun uni zaxiradan tushirdim. Bugun Polvonovdan ko'proq narsa kutgandim.
-Raqib darvoasiga shogirdlaringiz ikki marta penalti tepishdi...
-Har ikkala vaziyatda ham shubhasiz penalti bor edi. Ikkinchi penalti belgilanishidan oldin hakam kichik tanaffus qildi, keyin “nuqta”ni ko'rsatdi. Agar penalti bo'lmaganida, bunday vaziyatlarda, yani oxirgi daqiqalarda hakam jarima to'pi belgilamasdi, menimcha.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar