Viktor Kumikov: "Darvozamizga bitta zarba berildi va u gol bilan yakunlandi"

Narzulla Saydullayev
4 mar 2017, 19:45
"Buxoro" - "Olmaliq" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

"O'yin asosan teng kurashlar ostida kechdi. Birinchi bo'limda "Buxoro", ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq harakat qildik.

Darvozamizga bitta zarba berildi va u gol bilan yakunlandi. Bizda golli vaziyatlar vujudga keldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Uchrashuv ancha agressiv va kurashlarga boy bo'ldi, futbolda albatta busiz bulmaydi", - deydi Kumikov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia