Viktor Karpenko: "Jamoamizning kuchsiz chizig'i yo'q"
11 may 2015 09:30
Yangiliklar


Viktor Karpenko: "Jamoamizning kuchsiz chizig'i yo'q"
"G'alaba qo'ldan boy berildi. Umuman o'yin haqida nima deyish mumkin? Jamoamizning har bir chizig'i o'ziga xos kuchli. Jamoamizning kuchsiz chizig'i yo'q. Bizda hech bir poziciyani kuchsizroq deya olmagan bo'lardim. Hujum chizig'imiz biroz kishini ranjitmoqda. Hozircha hujumchilar gol urishda biroz oqsashmoqda. Lekin biz har uchrashuvda gollar urib turibmiz. Ha bizga nimadir etishmay qolmoqda. O'ylaymanki, vaqt o'tishi bilan hammasi iziga tushib ketadi. Keyingi barcha o'yinlarda faqat g'alaba ilinjida maydonga tushamiz. Mening "dublim"? Asosiysi jamoam g'alabasi. Men ikkita gol urgan bo'lsamda bu jamoaga katta naf keltirmadi. SHunisi meni xafa qildi", - deydi "SHo'rtan" jamoasi sardori Viktor Karpenko.
Eslatib o'tamiz, Viktor Karpenko "Olmaliq"ga qarshi o'yinda raqiblar darvozasiga ikki bor yo'l topa oldi.
SHahboz Beg'amov yozib oldi.

Fikrlar