So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Viktor Karpenko: "Toshkentdagi o'yinlarda mezbon yoki mehmon deb ajratish unchalik ham to'g'ri emas" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Toshkentdagi o'yinlarda mezbon yoki mehmon deb ajratish unchalik ham to'g'ri emas"

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Viktor Karpenko matbuot anjumanida qatnashdi.





O'yin haqida

- O'yin qiyin kechdi. Yigitlar xarakter ko'rsatishdi, vaziyatlar yaratishdi. Ikki golimizni ofsayd sabab hisobga olishmadi. Ko'ringan agressiya bu g'alabaga bo'lgan ishtiyoq edi. Yigitlarimga o'yin uchun rahmat deb qolaman. Muxslarga ham katta rahmat. O'yinda qandaydir ustunlikka ega bo'lsang va g'alaba qozona olmasang biroz alam qiladi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz.

- Avazbek O'lmasaliev birinchi bo'limda agressiv o'yin ko'rsatdi va kartochka oldi. Birinchi bo'lim oxiridagi vaziyatni esa barchamiz ko'rdim. SHu payt sizga uni o'zgartirish fikri kelmadimi?

- Himoyachi agressiv o'ynashi kerak, albatta. Ammo ikkita sariq kartochka ham aynan qo'l bilan o'yin uchun berilganini birinchi marta ko'rishim. Mayli, biz buni futbolchi bilan muhokama qilamiz. Himoyachi agressiv o'ynashi kerak. Men uni agressiv o'ynadi demagan bo'lardim. Bu shunchaki qo'l bilan o'yin uchun ikki marta sariq kartochka va chetlatish edi. Bu vaziyatni muhokama qilamiz. 

- Bugungi o'yinda jismoniy tomondan kamchiliklar sezilmadimi?

- Ko'rganingizdek, bugun juda qiyin o'yin bo'ldi. Birinchidan markazda bir o'yinchi kam edik. Raqibda esa markaz to'liq edi. Kirish juda qiyin bo'ldi. Himoyada yomon o'ynamagandik. Hujumda yorib kirish esa bugun juda qiyin bo'ldi. Biz oldinga qarab yurmoqdamiz. Bugungi o'yinda futbolchilar agressivroq harakat qila olishlarini isbotlashdi. Hisobga olinmagan bo'lsa ham, ikki bora darvozaga yo'l topdik. Vaziyatlar bo'ldi, ammo ularni yakunlashni iloji bo'lmadi. Birinchi bo'limda Jasurda yaxshi vaziyat bo'ldi. Mashg'ulotlarda biz vaziyatlardan foydalanish borasida ishlamoqdamiz. Ammo hali natijaga erisha olmadik. Yigitlar bu o'yindan keyin bor kuchlarini tiklanishga sarflashadi. Keyin esa yana kurashga. 

- Kubok o'yinidan nimalarni kutyapsiz?

-  Kubok o'yinlari doim qiziq bo'ladi. Bitta o'yinni kim yutsa, keyingi bosqichga o'sha chiqadi. Biz kubok yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- "Bunyodkor" mehmonda "Paxtakor"ni mag'lub qiladi, keyin Jizzaxda mag'lub bo'lib qaytdi. Bugun esa yana mehmonda bir kishi kam bo'lib bir ochko oldi. Bunga fikringiz qanday?

- Bilasizmi, biz hamma o'yinni mehmonda o'ynaymiz. Hozirda bizning uy arenamiz yo'q. Butun mavsum davomida uch martagina o'z uyimizda o'ynadik. Bu yil deyarli faqat mehmonda o'ynayapmiz. Umuman olganda Toshkentdagi o'yinlarda mezbon yoki mehmon deb ajratish unchalik ham to'g'ri emas. Hozirda buning unchalik ham ahamiyati yo'q. Misol uchun, "Navbahor"ga qarshi o'ynasak, u erda muxlislar bo'ladi. Ular o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashadi. Toshkentda esa bunday emas. "Bunyodkor", "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" stadionlarida o'ynashning unchalik ham farqi yo'q. Bu erda mehmon jamoaga katta bosim bo'lmaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика