Viktor Karpenko: "O'yinni yaxshi boshladik, keyin esa nimadandir qo'rqib ketdik"
09 sen 2022 10:38
Yangiliklar
Viktor Karpenko: "O'yinni yaxshi boshladik, keyin esa nimadandir qo'rqib ketdik"
Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Neftchi" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Karpenko o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinni yaxshi boshladik, keyin esa nimadandir qo'rqib ketdik. "Neftchi" bugun yaxshi o'ynadi, ayniqsa himoyada. Bizda vaziyatlar bo'ldi. Ammo ikkinchi golni ura olmadik va bu bizga qimmatga tushdi.
Birinchi taymda uzoqdan zarbalar berdik, ammo ikkinchi bo'limda raqib himoyaga etibor qildi va asosan qanotlardan hujum qilishga urindik. Biz hali ko'p ishlashimiz kerak.
"Neftchi" qarshi hujumga o'tishga urindi, shu bois biz hisobda ortda bo'lsak ham himoyani ushlab turishga harakat qildik", - dedi Viktor Karpenko.
Fikrlar