Viktor Karpenko: "Bunyodkor" 2018 yilgi OCHLga yo'llanma olishiga ishonaman"
09 may 2017 08:30
Yangiliklar
Viktor Karpenko: "Bunyodkor" 2018 yilgi OCHLga yo'llanma olishiga ishonaman"
"Al Ayn" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Viktor Karpenko o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo
"Al Ayn"ni g'alaba va guruhni 1-o'rin bilan yakunlagani bilan
tabriklayman. O'yinni yaxshi boshladik. Vaziyatlar ham yaratdik. Afsuski biz
ulardan foydalana olmadik, "Al Ayn" esa aksincha o'z imkoniyatlarini golga
aylantirdi.
Yigitlar maydonda kurashishdi. Buning uchun ularga
rahmat. Biz bor etiborimizni ichki chempionatga qaratganmiz. Endi oliy
ligada ochkolar yig'ishni boshlashimiz kerak. Futbolda tasodiflar bo'lmaydi.
Har qanday g'alabani ortida mehnat yotadi. Mehnat qilishdan to'xtamaymiz va
yanada yaxshiroq ishlashda davom etamiz. "Bunyodkor" yana avvalgi mavqeiga
qaytishiga, 2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olishiga
ishonaman, - deydi Karpenko.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar