So’nggi yangiliklar

22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  0 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  1 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  17 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  3 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  21 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  5 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4

Viktor Jalilov sobiq jamoasiga qaytdi Yangiliklar

Viktor Jalilov sobiq jamoasiga qaytdi

Teglar :  Viktor Jalilov
Mamlakatimizdagi tajribali mutaxassislardan biri bo'lgan Viktor Jalilov jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

Murabbiy sifatida o'z vaqtida “Paxtakor”, “Mashal”, “Navbahor” kabi jamoalarda faoliyat yuritib, sezilarli yutuqlarni qo'lga kiritgan Viktor Romanovich oradan 15 yil vaqt o'tib yana sobiq jamoasi – “Mashal” klubiga qaytdi.

68 yoshli murabbiy 2005 yili “gazchilar”ning o'sha vaqtdagi rahbari Bahrom Davlatovning taklifiga binoan “Mashal”ga kelgandi va shu mavsumning o'zidayoq jamoa bilan 2-o'rinni egallab, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Xabaringiz bor, hozirda “Mashal” bosh murabbiyi sifatida “A” licenziyasiga ega bo'lgan Asror Aliqulov faoliyat yuritmoqda. Ushbu murabbiy o'z vaqtida Viktor Jalilov qo'li ostida o'ynaganini inobatga olib aytadigan bo'lsak, katta extimol bilan Aliqulov – Jalilov tandemi “Mashal”ni yangi mavsumga tayyorlaydi.

Viktor Romanovich 2019 yilning boshida “Andijon”ga maslahatchi murabbiy sifatida taklif etilib, keyinchalik qisqa muddat ichida klubdan ketgandi. Mavsumning ikkinchi qismida esa Toshkentning “Lokomotiv” klubida Samvel Babayanga yaqindan ko'maklashdi.


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика