Viktor Jalilov “Navbahor”ga qaytdi
02 jan 2021 16:37
Yangiliklar


Viktor Jalilov “Navbahor”ga qaytdi
Namanganning "Navbahor" klubi bugun tarkibini tajribali murabbiy bilan boyitib oldi.
Yurtimizdagi taniqli mutaxassislaridan biri, murabbiylik faoliyatida “Navbahor”, “Mashal” va “Paxtakor” klublarida faoliyat yuritgan, “Navbahor”da 1995-2000, 2000-2004 hamda 2010 yillarda faoliyat yuritib, jamoa bilan O'zbekiston chempionligini (1996 yili), bronza medallarini (1995, 1997-1999 yillarda), O'zbekiston kubogi (1995, 1998 yillarda) va Superkubogini (1999 yili) qo'lga kiritgan Viktor Romanovich Jalilov 10 yillik tanaffusdan so'ng, yana sevimli jamoasi “Navbahor”ga qaytdi.
"Viktor Jalilov bilan ikki yillik shartnoma imzolandi hamda u oldin takidlaganimizdek, jamoamizda bosh murabbiy No'mon Hasanovga maslahatchi murabbiy sifatida yordam beradi.
Biz yangi murabbiylar shtabining qadami qutlug' kelib, “lochinlar”ning yangi mavsumda sovrindorlar safidan joy olishini tilab qolamiz", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar