So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Viktor Jalilov: "Ikki jamoa ham g'alabaga munosib edi, deya olmayman" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Ikki jamoa ham g'alabaga munosib edi, deya olmayman"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Navbahor" - AGMK (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'ylashimcha, hisob o'yinga mos bo'ldi. Hech bir jamoa g'alabaga munosib edi, deya olmayman. Golli vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Bunday uchrashuvlarda barchasini yagona gol hal qiladi. Bizda ham, AGMKda ham to'p nazoratiga egalik kuzatildi. Hujumlar, qarshi hujumlar uyushtirishga intilish bo'ldi.

Hujumga etibor qaratishga intilyapmiz, lekin ko'p narsa futbolchilarning mahoratiga, raqibning qarshiligiga ham bog'liq. Qolaversa, AGMK ham kuchli jamoa, bejiz turnir jadvalining yuqori o'rinlarida bormayapti. To'g'ri, hujumda muammolarimiz bor, hujumlarimiz yakuniga etmay qolyapti. Lekin baribir, asta-sekin hujumdagi salohiyatimizni oshirib boryapmiz. Hali oldinda ko'p o'yinlar bor. Golban haqida biror narsa, deya olmayman, barchasi tekshiruvlardan keyin aniq bo'ladi. Hammasi shifokorlarga bog'liq.

Bizda hech kim atayin himoyadan o'ynashni xohlamaydi. Barchasi tarkibda qanday futbolchilar borligiga bog'liq. Yigitlarni ranjitmoqchi emasman, ammo ayrim jihatlar bo'yicha aksariyat futbolchilarimizga mahorat etishmayapti. SHu bois jamoamizdan O'zbekiston termasida futbolchi yo'q. Hujumdagi futbolchilarimiz terma darajasiga tortadigan o'yin ko'rsatishmayapti. O'ylashimcha, ular hali o'z mahoratlarini ko'rsatishadi. Misol uchun, O'rinboev birinchi davradagiga nisbatan o'yinini ancha o'nglab oldi", – deydi Viktor Jalilov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика