So’nggi yangiliklar

08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  5 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  4 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  8 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19

Viktor Jalilov: “Bosimni oshirish evaziga g'alaba qozondik” Yangiliklar

Viktor Jalilov: “Bosimni oshirish evaziga g'alaba qozondik”

Teglar :  NavbahorMetallurg
Coca Cola Superliga 24-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashdi.



- CHempionat oxiriga yaqinlashgani sari ko'ryapmizki, o'yinlar taqdiri so'nggi daqiqalarda hal bo'lyapti. Kechagi uchrashuvlarda ham ko'rdik, Olmaliqda ham, Toshkentda ham shunday holat kuzatildi. Bugun biz ham so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g'alaba qozondik. Umuman olganda, o'yin teng kurashlar ostida kechdi. Biz hujum uyushtirgan pallalarda “Metallurg” darvozaboni jamoasini qutqardi, qaysidir vaziyatlarda mehmonlar xavfli hujumlar tashkil etishdi. Lekin yigitlar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishdi. Ayniqsa, zaxiradan maydonga tushganlar o'yinga tezda kirishib ketishdi, tezlikni oshirishdi, hujumlarga keskinlik bag'ishlashdi. Mahmudhojiev gol urishi mumkin edi, lekin o'sha vaziyatda darvozabon yaxshi o'ynadi. Bosimni oshirish evaziga penalti ishladik. Bugun jamoamizning g'alabasi adolatli bo'ldi, - dedi Viktor Jalilov.

- “Metallurg”ga ochko juda zarurligini inobatga olsak, uchrashuvning qiyin kechishini oldindan bilganmidingiz?

- Bu yil turnir jadvalining quyi qismidagi barcha jamoalar bilan o'yinlarimiz og'ir kechmoqda, ularga qarshi bahslarda ko'p ochko yo'qotdik. O'sha ochkolarning hech bo'lmaganda yarmini olganimizda, hozirgi o'rnimiz yanada yuqoriroqda bo'lardi, ehtimol. Afsuski, vaziyat shuni taqozo etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика