So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  2 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   2 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  13 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Viktor Jalilov: “Biz 5-o'rinni egallash uchun harakat qilyapmiz” Yangiliklar

Viktor Jalilov: “Biz 5-o'rinni egallash uchun harakat qilyapmiz”

Coca-Cola Superliga 25-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





- “Andijon” va “Navbahor” o'rtasidagi o'yinlar har doim jamoalar uchun qiyin kechadi. Natijalarni oldindan aytib bo'lmaydi. Guvohi bo'lganingizdek, birinchi davrada biz o'z maydonimizda yutqazgandik, bugun andijonliklar maydonida g'alaba qozondik. Lekin bugungi natija adolatli bo'ldi. Har holda, bizda darvozani ishg'ol qilish uchun imkoniyatlar ko'proq bo'ldi. Kichik ustunlikka erishdik, - deydi Viktor Romanovich.

- “Navbahor” birinchi davradagi mag'lubiyat alamini olish uchun ham bugun kuchliroq o'ynadi, deb hisoblaysizmi?

- Har bir jamoaning o'ziga yarasha maqsadlari bo'ladi, har bir jamoa o'yinni kuchaytirishni istaydi. Bu erda turnir nuqtai nazaridan ham motivaciya bor edi. Bilamizki, hozir “Andijon”ning turnir jadvalidagi ahvoli og'ir. Elitada jon saqlash uchun kurashyapti. Biz esa 5-o'rinni egallash uchun harakat qilyapmiz. SHu bois, g'alaba qozonishga astoydil intildik. Bugun durang qayd etganimizda ham 5-o'rindan umid uzardik. Hozir esa imkoniyat saqlanib turibdi. Qolaversa, derbi - bu baribir, derbi. Jamoalarimiz o'rtasidagi o'yinlar har doim keskin kurashlar ostida o'tadi. Namangan, Andijon va Farg'ona jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar geografik nuqtai nazardan hamisha tomoshabop o'tadi.

- Murabbiylar shtabi keyingi mavsumda ham “Navbahor”dagi faoliyatini davom ettiradimi?

- Katta ehtimol, davom ettiradi. SHartnomalar bor, majburiyat bor. Umuman olganda, hozir keyingi mavsumda nima bo'lishini emas, “Qo'qon-1912”ga qarshi kechadigan o'yin haqida o'ylayapmiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика