“Viitorul” ilk marta Ruminiya kubogini qo'lga kiritdi
26 may 2019 08:23
Yangiliklar


“Viitorul” ilk marta Ruminiya kubogini qo'lga kiritdi
Ruminiya kubogining final uchrashuvida “Viitorul” jamoasi “Astra”ni (2:1, qo'shimcha vaqtda) mag'lub etdi.
Konstanc shahri sharafini himoya qiluvchi “Viitorul” klubi 2009 yilda tashkil etilgan bo'lib, o'z tarixida ikkinchi katta sovrinni qo'lga kiritdi. 2016/17 yilgi mavsumda ushbu jamoa mamlakat chempionligiga erishgan edi.
Ruminiyaning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi Gerge Xaji ushbu jamoaning rahbari va murabbiyi hisoblanadi.
Jamoada 54 yoshli Xajining o'g'li, 20 yoshli Yanis to'p tepadi va u jamoa sardori hamdir.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar