Viitorul bosh murabbiyi George Xadji istefoga chiqdi
04 avg 2020 07:41
Yangiliklar
Viitorul bosh murabbiyi George Xadji istefoga chiqdi
Ruminiyalik sobiq futbolchi George Xadji Viitorul klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
«2014 yil sentyabr oyidan 2020 yil 2 avgust kunigacha «Viitorul» klubida ishladim. Klub bilan ajoyib damlarni o'tkazdim, Ruminiya chempioni bo'ldik, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritdik.
Endi George Xadji nomidagi Akademiyada ishlashda davom etaman, bu erda texnik direktor sifatida yosh futbolchilarga javobgar bo'laman. Men va klub prezidenti «Viitorul» uchun yangi bosh murabbiy topishimiz kerak. Unda yangi mavsumdan oldin jamoa bilan tanishib, moslashish uchun vaqt bo'ladi», – deb yozadi Xadji.
Fikrlar