Vieyra Italiya TJning Evro-2020'dagi imkoniyatlarini baholadi
17 iyu 2021 20:05
Yangiliklar


Vieyra Italiya TJning Evro-2020'dagi imkoniyatlarini baholadi
Franciyalik sobiq futbolchi Patrik Vieyra Italiya termasini Evro-2020 g'olibligi uchun davogarligiga shubha qilmoqda.
“O'ylashimcha, italiyaliklarning dastlabki ikki uchrashuvi qiyinchliksiz o'tdi. Albatta, maydonda raqib ustidan g'alaba qozonishing kerak, ammo hali ham bu jamoaning oxirigacha borishiga shubha qilaman.
Menimcha, italiyaliklar etarlicha intensiv, kuchli va tez o'ynay olishmaydi, hujumlari ham keskin emas. Italiyani musobaqa g'olibligi uchun davogar sifatida sanashga hali erta”, deydi Vieyra.
Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini shogirdlari dastlabki 2 turda yirik g'alabalarga erishib, birinchi bo'lib pley-off bosqichiga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar