Vieyra: “Balotelliga bir necha kun dam berdim, chunki...”
30 dek 2018 09:57
Yangiliklar
Vieyra: “Balotelliga bir necha kun dam berdim, chunki...”
“Nicca” bosh murabbiyi Patrik Vieyraning fikricha, jamoa hujumchisi Mario Balotelli o'z kelajagi borasida aniq bir to'xtamga kelishi lozim.
“Men Marioga bir necha kun dam olish berdim. Sababi u kelajagi borasida aniq bir to'xtamga kelishi lozim. Jamoada qolishni istaydimi yoki ketadimi?! Marioning klub bilan shartnomasi bor. Ammo har narsa sodir bo'lishi mumkin. Balkim biz u bilan kelishuvga erisharmiz” deya Viyeraning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Balotelli 2016 yildan buyon “Nicca”da harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u Franciya chempionatida u 10 ta uchrashuvda ( shulardan 9 ta o'yinni asosiy tarkibda boshlagan) maydonga tushib, birorta ham gol urolgani yo'q.
Fikrlar