So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Video: Pelening orzusidagi gol muallifi SHahboz Erkinov bilan suhbat Yangiliklar

Video: Pelening orzusidagi gol muallifi SHahboz Erkinov bilan suhbat

Andijonda bo'lib o'tgan vodiy derbisida SHahboz Erkinov jamoasining ikkinchi golini, chamasi 50 metrlarda "Andijon" darvozasiga urgan edi.

Faoliyati davomida mingdan ortiq gollarga mualliflik qilgan Pele, umri davomida biron marotaba maydon markazidan gol ura olmaganini afsus bilan ko'p bora eslaydi. Bu ham omad.

SHu munosabat bilan futbolchi bilan ikki og'iz suhbatlashdik.

- 50 metrdan gol urdingiz, bu vaziyatni qanday baholagan edingiz? O'sha paytda darvozabon hali ham golni nishonlab qaytayotgan edimi?

- Birinchi bo'limda darvozabonga yaxshilab etibor berganimda, u himoyachilarga yordam berishga tayyor ko'rindi. Bu bilan u ko'p marotaba oldinga chiqib ketayotgan edi. Tannafusda murabbiy Zoxid Nurmatov yigitlardan shu holatga ko'proq ahamiyat berishni so'radi. Biz ikkinchi golni o'tkazib yuborib, to'pni markazga qo'yganimizda ham darvozabon xursandchilikni davom ettirayotgan edi. SHu sababli Mo'ydindan o'yinni tezroq boshlashni so'radim va darvozaga zarba berdim, natija esa gol.

- Umuman vodiy derbisiga to'xtalib o'tsangiz.

- Vodiyga kelib vodiy derbisini qanchalik ahamiyatga ega ekanligini tushunib etdim. To'p uchun kurash, ehtiroslar birinchi o'ringa chiqib qolar ekan. Muxlislarga kelsak, ular alohida ahamiyat kasb etadi.

- Jamoa nima uchun o'tkan yilgi barqaror o'yinini namoyish eta olmayapti?

- Qishgi yig'in yaxshi o'tdi, hammasi joyida edi. Ammo birinchi ikki turda bir ochko olganimiz va keyingi o'yinda durangni qo'lga kiritib turganimizda 86 daqiqada 30 metrdan gol o'tkazib yuborganimiz jamoaga salbiy tasir qildi. Mag'lub bo'lgan yoki durangga erishgan uchrashuvlarimizda 80 daqiqadan so'ng gol qo'yib yuboryapmiz. Kechagi o'yinda ham etiborni jamlay olmaganimiz bizga pand berdi. Aslida "Nasaf" bilan o'yindan keyin barchasi joyiga tushib ketishi kerakdek edi. Afsuski unday bo'lmadi.

TAS-IX


TAS-IX emas


Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика