Vidal faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2021, 23:15
Yarim himoyachi Arturo Vidal "Inter"ni tark etishi kutilmoqda.

"InterLive" xabariga ko'ra, klubdagilar futbolchining o'yinlaridan mamnun emas, uning ketishiga yillik 8 mln evrolik maoshi ham sabab bo'lishi mumkin.

34 yoshli chililikka "Zenit" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Piterliklar futbolchiga yiliga 4 mln evro maosh taklif qilmoqda.

O'tgan mavsumda "Inter" bilan chempionlikka erishgan Vidal A Seriyada 23 o'yinda qatnashib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: InterLive