Veynaldum: "Van Deyk ajoyib mavsum o'tkazdi, u "Oltin to'p"ga loyiq"
11 iyu 2019 13:40
Yangiliklar


Veynaldum: "Van Deyk ajoyib mavsum o'tkazdi, u "Oltin to'p"ga loyiq"
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jamoadoshi Virjil van Deykning "Oltin to'p" uchun kurashda yutib chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Virjil ajoyib mavsum o'tkazdi. U yo'lida uchragan har bir futbolchini to'xtatishga qodir. Biz uni dunyodagi eng yaxshi himoyachi deb hisoblaymiz. Biz uchun van Deyk "Oltin to'p"ga loyiq. Ammo biz buni hal qilmaymiz", - deydi Veynaldum.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar