Veynaldum og'ir jarohat oldi
22 avg 2022 08:05
Yangiliklar


Veynaldum og'ir jarohat oldi
Yozda PSJdan “Roma”ga kelib qo'shilgan Jorjino Veynaldum mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.
U jamoaviy tarzda ikkiga bo'linib o'tkazilgan bahsning oxirgi daqiqalarida sherigi bilan to'qnashib ketib, katta boldir suyagini sindirib oldi. Niderlandiyalik 3 oyga yaqin muddatni lazaretda o'tkazishi aytilmoqda.
Agar taxminlar tasdiqlansa, 31 yoshli o'yinchi Qatardagi mundial startiga qadar tuzalishi mumkin. Navbatdagi jahon chempionati 20 noyabrda start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar