Vetnamlikni ortda qoldira olamizmi? Aleksandr Geynrixga ovoz bering
07 sen 2020 14:35
Yangiliklar
Vetnamlikni ortda qoldira olamizmi? Aleksandr Geynrixga ovoz bering
Hozir futbolchilar o'rtasida chorak final bahslari ketyapti va bunda hamyurtimiz Aleksandr Geynrix vetnamlik futbolchi Le Kong Vinx bilan kurash olib boryapti.
Esingizda bo'lsa, Geynrix 2011 yil bo'lib o'tgan Osiyo Kubogining 3-o'rin uchun kechgan bahsida Janubiy Koreya darvozasiga juda chiroyli gol urgandi. Uning ushbu goli Osiyo Kuboklarida urilgan eng chiroyli gol deb topilishi mumkin, faqat buning uchun Geynrixga ko'proq ovoz berishga to'g'ri keladi.
SHunday ekan, quyidagi havola orqali OFK saytiga kirib hamyurtimizga ovoz bering va Aleksandr Geynrix eng yaxshilar qatorida bo'lishiga munosib hissa qo'shaylik.
P.S. CHorak final so'rovnomasi 10 sentyabrda tugaydi. Sasha Geynrix juda kam ovoz to'plagan, atigi 8 foiz. Vetnamlik futbolchi esa 92 foiz ovoz bilan o'tib ketgan. Demak, shoshilmasak bo'lmaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar