Vetnam O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan CHad bilan o'ynaydi
07 noy 2013 09:14
Yangiliklar


Vetnam O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan CHad bilan o'ynaydi
Xabaringiz bor 15 noyabr kuni Vetnam OK-2015 saralash doirasidagi 4-tur uchrashuvini O'zbekiston Milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Vetnam terma jamoasi uchun hayot-momot uchrashuviga ushbu terma jamoa jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Vetnam OAV bergan intervyusida terma jamoasi 13 noyabr kuni Afrika qitasi vakili CHadga qarshi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tishini aytdi. Bu uchrashuv Xanoy shahrida o'tkaziladi. Ushbu malumotni VFA ham tasdiqlagan.
Eslatib o'tamiz, Toshkentda bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv O'zbekiston terma jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi.

Fikrlar