"Vest Xem" yanvarda "CHelsi" hujumchisini sotib olishga urinib ko'radi
18 okt 2018 18:48
Yangiliklar
"Vest Xem" yanvarda "CHelsi" hujumchisini sotib olishga urinib ko'radi
"Vest Xem" klubi qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
"Bolg'ali jangchilar"ning yanvardagi asosiy transfer maqsadlaridan biri "CHelsi" hujumchisi Olive Jiru. Franciyalikning ko'klar bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yildan kam vaq qoldi, "Vest Xem" esa bu xarid qiyinchiliksiz amalga oshishiga ishonmoqda.
Jiru "Arsenal"dan "CHelsi"ga o'tishidan oldin ham "Vest Xem"dan taklif olgandi, biroq "to'pchilar" har safar rad javobini berishgan.
Oldinroq, "bolg'ali jangchilar" transfer ro'yxatida "Roma" forvardi Edin Jeko ham borligi elon qilingan edi.
Fikrlar