"Vest Xem" stadionidan bomba topildi!
17 noy 2019 11:07
Yangiliklar


"Vest Xem" stadionidan bomba topildi!
Ayni damda "Vest Xem"ning uy o'yinlarini qabul qilayotgan Londondagi "Olimpiya" stadioni hududiga Ikkinchi Jahon urushi vaqtida bomba ko'mib qo'yilgan ekan.
"The Sun" xabariga ko'ra, shu boisdan 9 dekabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan APLning 16-turidagi "Vest Xem" - "Arsenal" uchrashuvi qoldirilishi mumkin.
Topilma joyi policiya xodimlari tomonidan o'rab olingan.
Bu erga 25 noyabr kuni saperlar kelishi rejalashtirilmoqda. Bu 23 noyabr kuni "Vest Xem"ning "Tottenxem"ga qarshi o'tadigan o'yiniga hech qanday tasirini o'tkazmaydi.
Ayni damda bomba atrofdagilarga hech qanday xavf solmayapti. Biroq saperlarning tekshiruvidan keyin barchasi o'zgarishi va "Arsenal"ga qarshi o'yin kuni o'zgarishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar